Mircha Luchesku (; 1945-yil 29-iyulda tugʻilgan) – ruminiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U barcha davrlarning eng koʻp mukofotlangan mmurabbiylaridan biri.
Luchesku, shuningdek, Ruminiya chempionatining eng muvaffaqiyatli oʻyinchilaridan biri boʻlib, Dinamo Buxarest bilan yettita chempionlikni qoʻlga kiritgan. Lucescu shuningdek, „Ştiinta Bucureshti“ va „Korvinul Xunedoara“ klublarida ham oʻynagan va 1970-yilgi FIFA Jahon chempionatida Ruminiya terma jamoasiga sardorlik qilgan. Ruminiya terma jamoasida 70 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Luchesku Ruminiya, Italiya, Turkiya, Ukraina va Rossiyada turli jamoalarni boshqargan. Mircea oʻn ikki yill davomida Donetskning „Shaxtyor“ klubini boshqargan faoliyati bilan mashhur. Bu davrda Donetsk jamoasi bilan birgalikda sakkiz marta Ukraina Premyer ligasi, oltita Ukraina kubogi, yettita Ukraina Superkubogi va 2008/2009-yilgi UEFA kubogida gʻalaba qozonib, jamoa tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiyga aylangan. Mircea shuningdek, „Shaxtyor“ jamoasining raqibi „Dinamo Kiyev“ bilan ham Ukrainada sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Lucescu faoliyati davomida shuningdek, Dinamo Buxarest va Rapid Buxarest bilan Divizia A chempionligini, Galatasaroy va Beshiktosh bilan Turkiya Superligasi chempionligini qoʻlga kiritgan.
Luchesku 2004, 2010, 2012, 2014 va 2021-yillarda Ruminiyada, 2006 va 2008 va 2014-yillarda Ukrainada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 2013-yilda u Ruminiyada oʻn yillikning eng yaxshi murabbiyi mukofotiga sazovor boʻlgan va 2015-yilda Alex Ferguson, Carlo Ancelotti, Arsène Wenger va José Mourinho kabi UEFA Chempionlar Ligasida 100 ta oʻyinida murabbiylik qilgan beshinchi shaxs boʻlgan. Mircea murabbiylik faoliyatida gʻalaba qozonilgan rasmiy sovrinlar soni (38 ta) boʻyicha ham uchinchi oʻrindadir.
Murabbiylik faoliyati
Ruminiya 2024-yil 6-avgustda u birinchi bor Ruminiyani boshqarganidan 38 yil oʻtib yana Ruminiya terma jamoasi murabbiyi sifatida qaytdi.
Yozuvchilik faoliyati Mircha Luchesku 1980-yilda „Drumul Socialismului“ gazetasida xronikalar, sharhlar va oʻyinlar tahlilini yozishni boshlagan. U futbol haqida ikki jild ham yozgan:
Maysazor sarobi (1981) Shaxtyorske zhyttya (Shaxtyor hayoti) (2011)
Shaxsiy hayot Luchesku poliglot. U oʻz ona tilidan tashqari ingliz, portugal, ispan, italyan, fransuz va rus tillarini biladi. U koʻpincha oʻz oʻyinchilariga teatrga borish yoki kitob oʻqish klublar yoki restoranlarga borishdan koʻra foydaliroq ekanligini aytadi. Shuningdek, u oʻz futbolchilarini universitetga borishlari uchun bosim oʻtkazdi. Uning oʻgʻli Razvan Luchesku ham futbolchi boʻlgan va hozirda PAOK jamoasini boshqarmoqda.
2009-yil 15-iyulda Luchesku angina xuruji boʻldi va infarktga uchragan. Donetskdagi tez tibbiy yordam shifoxonasida operatsiya qilingan.
2012-yil 6-yanvarda Buxarestda yoʻl-transport hodisasiga uchragan va jiddiy jarohat olgan.
Faoliyat statistikasi right|thumb|240x240px|Luchesku (oldingi oʻrinda, oq libosda) shahar boʻylab raqib boʻlgan Steaua Bucureshtiga qarshi derbi oʻyinida.
Futbolchi
JamoaMavsumLigaKubokYevropaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDinamo București1963–64Divizia A20–201964–65Divizia A10–101967–68Divizia A171–1711968–69Divizia A288102981969–70Divizia A244–2441970–71Divizia A233302631971–72Divizia A267302971972–73Divizia A2812–28121973–74Divizia A255212761974–75Divizia A314313451975–76Divizia A266212871976–77Divizia A19710207Jami2505715326560Știința București (ijara)1965–66Divizia B–1966–67Divizia B–Jami39123912Corvinul1977–78Divizia A347–3471978–79Divizia A275–2751979–80Divizia B–1980–81Divizia A277–2771981–82Divizia A232–232Jami1112111121Dinamo București1989–90Divizia A10–10Umumiy faoliyat statistikasi4019015341693
Terma jamoadagi gollar
Gollar va natijalar birinchi boʻlib Ruminiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Lucheskuning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi
+Mircha Luchesku tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxatiGolSanaJoyRaqibHisobNatijaMusoboqa11966-yil 3-dekabrGSP Stadium, Nicosia, Kipr2–15–1Yevro-1968 saralashi21967-yil 23-aprelStadionul 23 August, Buxarest, Ruminiya1–07–0Yevro-1968 saralashi31970-yil 9-fevralEstadio San Martín de Porres, Lima, Peru1–01–1Oʻrtoqlik41971-yil 22-sentyabrOlympic Stadium, Helsinki, Finland4–04–0Yevro-1972 saralashi51971-yil 24-noyabrStadionul 23 August, Buxarest, Ruminiya2–02–0Yevro-1972 saralashi61974-yil 29-mayStadionul 23 August, Buxarest, Ruminiya3–13–11973–1976 Bolqon kubogi71975-yil 19-martİnönü Stadium, Istanbul, Turkiya1–11–1Oʻrtoqlik81975-yil 11-mayStadionul 23 August, Buxarest, Ruminiya5–06–1Yevro-1976 saralashi91976-yil 5-iyunStadio San Siro, Milan, Italiya1–22–4Oʻrtoqlik
Murabbiylik
+Jamolarda murabbiylik davri boʻyicha natijalariJamoaDanGachaNatijalarRuminiya1981-yil 1-noyabr1986-yil 2-oktyabrDinamo București1985-yil 1-noyabr1990-yil 30-iyunPisa1990-yil 1-iyul1991-yil 11 martBrescia1991-yil 1-iyul1995-yil 19 fevralBrescia1995-yil 1-iyul1996-yil 25 fevralReggiana1996-yil 1-iyul1996-yil 25 noyabrRapid București1997-yil 1-iyul1998-yil 25 noyabrInter Milan1998-yil 1-dekabr1999-yil 21 martRapid București1999-yil 1-aprel2000-yil 30 iyunGalatasaray2000-yil 1-iyul2002-yil 30 iyunBeşiktaş2002-yil 1-iyul2004-yil 17 mayShaxtyor Donetsk2004-yil 17-may2016-yil 24 mayZenit Saint Petersburg2016-yil 24-may2017-yil 28-mayTurkiya2017-yil 2-avgust2019-yil 11-fevralDinamo Kiyev2020-yil 23-iyul2023-yil 3-noyabrRuminiya2024-yil 6-avgust2026-yil 2-aprelJami
Shaxtyordagi murabbiylik davri . MusoboqalarOʻyinGʻalabaDurangMagʻlubiyatUGOʻGUkraina Premyer ligasi3572734935817234Ukraina kubogi71577717545Ukraina Superkubogi115422212Yevropa134603044206161Total57339590881220452
Yutuqlar
Futbolchi sifatida Dinamo București
Divizia A: 1963–64, 1964–65, 1970–71, 1972–73, 1974–75, 1976–77, 1989–90 Cupa României: 1967–68
Corvinul Hunedoara
Divizia B: 1979–80
Individual
Ruminiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (toʻrtinchi oʻrin): 1971
Murabbiy sifatida Corvinul Hunedoara
Divizia B: 1979–80
Dinamo București
Divizia A: 1989–90
Ruminiya kubogi: 1985–86, 1989–90
Brescia
Serie B: 1991–92 Anglo-Italian Cup: 1993–94
Rapid București
Divizia A: 1998–99 Ruminiya kubogi: 1997–98 Ruminiya Superkubogi: 1999
Galatasaray
Süper Lig: 2001–02 UEFA Superkubogi: 2000
Beşiktaş
Süper Lig: 2002–03
Shakhtar Donetsk thumb|254x254px|Luchesku „Shaxtyor“ bilan 2010-11-yilgi Ukraina kubogini zabt etgan.
Ukraina Premyer ligasi: 2004–05, 2005–06, 2007–08, 2009–10, 2010–11, 2011–12, 2012–13, 2013–14 Ukraina kubogi: 2003–04, 2007–08, 2010–11, 2011–12, 2012–13, 2015–16 Ukraina Superkubogi: 2005, 2008, 2010, 2012, 2013, 2014, 2015 UEFA kubogi: 2008–09
Zenit Saint Petersburg
Rossiya Superkubogi: 2016
Dynamo Kyiv
Ukraina Premyer ligasi: 2020–21 Ukraina kubogi: 2020–21 Ukraina Superkubogi: 2020
Individual
Sport gazetasi: Ruminiyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2004, 2010, 2012, 2014, 2021 Ukraina Premyer ligasi Oyning amg yaxshi murabbiyi (3): 2020-21 (mart, aprel, may),
Orders
III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Ukraina) (2006)
III darajali „Sportdagi xizmatlari uchun“ ordeni (Ruminiya). (2008)
Ruminiya yulduzi ordeni (2009)
II darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Ukraina) (2009)
I darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Ukraina) (2011)
Donetskning faxriy fuqarosi
Manbalar
Eslatmalar
Havolalar
Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ruminiyalik erkak futbolchilar Turkum:CS Corvinul Hunedoara futbolchilari Turkum:FC Dinamo Buxarest futbolchilari Turkum:FC Sportul Studențesc Buxarest futbolchilari Turkum:Ruminiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:Inter Milan murabbiylari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Ruminiya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Turkiya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari