Ashlyn Rae Willson (1993-yil 24-aprel), Ashe taxallusi bilan yaxshi tanilgan, amerikalik qo'shiqchi-qo'shiq muallifi. Noah Conrad va Finneas O'Connell tomonidan ishlab chiqarilgan, Netflix filmida To All the Boys: P.S. I Still Love You (2020) Ashening 2019-yilda chiqqan "Moral of the Story" musiqasidan foydalanildi va bu unga juda katta mashhurlik keltirdi . Ashe, shuningdek, Demi Lovatoning 2017-yilda chiqqan "You Don't Do It for Me Anymore" musiqasiga ham hammualliflik qilgan va Louis the Child, Lauv va Whethan jamoalari bilan gastrollarda qatnashgan. U Shaun Frank bilan birga yozilgan va oltin sertifikatga ega bo'lgan "Let You Get Away" musiqasi uchun Juno mukofoti bilan taqdirlangan. Bundan tashqari uning Ashlyn nomli debyut studio albomi 2021-yil 7-mayda, ikkinchi Rae nomli albomi 2022-yil 15-oktabrda ommaga taqdim etilgan va uchinchi Willson albomi esa 2024-yil 6-sentabrda muxlislarga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Yoshligi Ashlyn Rae Willson 1993-yil 24-aprelda Kalifornianing San Jose shahrida tavallud topgan. 8 yoshidan boshlab pianino va vokal darslariga qatnasha boshlagan. Ashening aytishicha, u faqat nasroniy radiolarini tinglab katta boʻlgan, ammo bobosi unga Bob Dylan, The Beatles va Jefferson Airplane kabilarni tanishtirgan va uning muvaffaqiyatga erishishiga qaysidir m'noda o'z hissasini qo'shgan. U Carole Kingga hurmat bildirish ma'nosida sahnadagi nomiga e belgisini qo'shib qo'ygan. U Berkli musiqa kollejida oʻqigan va 2015-yilda zamonaviy musiqa yozish va zamonaviy musiqa yaratish yo'nalishini tamomlagan. Faoliyati 2015–2017-yillar:Faoliyatining ilk yillari Ashe ilk demosini 2015-yilda Ben Phippsning "Sleep Alone" trekida kuylashdan boshlaydi. Keyingi ikki yil davomida e'tiborini Louis the Child kabi treklarga va Whethan kabi ijodkorlar bilan faoliyat olib borishga qaratadi. Uning 2016-yildagi Whethan bilan bilan birga yaratgan "Can't Hide" musiqasi ham AQSHning ham Global Spotify Viral 50da 2-o'rinni egallagan. Uning 2017-yilda Kanadalik DJ Shaun Frank bilan birga yaratgan "Let You Get Away" musiqasi Juno Awards 2017da Dance Recording of the Year naminatsiyasi bilan taqdirlanadi, 2019-yil Kanadada esa "Music recording gold certification" bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, Ashe Demi Lovatoga 2017-yilda AQSH platinasi bilan taqdirlangan Tell Me You Love Me (2017) albomidan " You Don't Do It For Me Any More " musiqasini yozishga ham yordam bergan. Keyin, 2017-yil oktabrdan 2018-yil yanvar oralig'ida Louis the Child, Lauv va Whethanlar bilan gastrolda bo'adi. 2021: Ashlyn 2021-yil mart oyida Ashe O'Connell bilan " Till Forever Falls Apart" deb nomlangan yana bir qo'shig'ini chiqaradi. Uning 2021-yil 7-mayda "Ashlyn" debyut albomi chiqadi, undan biroz oldin esa ya'ni 5-mayda "I'm Fine" va "When I'm Older" qo'shiqlari hamda "Me Without You" chiqarilgan. 2022–dan — hozirga qadar: Rae & Willson 2022-yil 3-martda Ashe ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shig'idan parchalar e’lon qilgan, undan so‘ng “Another Man’s Jeans” musiqasining to'liq qismini chiqargan. 2022-yil 6-may kuni esa Ashe yana “Hope You're Not Happy” nomli musiqalaridan birini chiqargan. Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar