2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish musobaqalari 3–4-avgust kunlari Parijdagi Stade de France stadionida oʻtkazildi. Ushbu bahslarda Noah Lyles oltin medalni qoʻlga kiritdi va shaxsiy rekordni yangilagan holda AQSHning 2004-yildan buyon ushbu yoʻnalish bahslaridagi birinchi oltin medalini taʼminladi. Yamaykalik Kishane Thompson ikkinchi oʻrinni egallagan holda kumush medalga sazovor boʻldi. Har ikkala sportchi ham masofani 9.79 soniyada bosib oʻtishdi, biroq Lyles soniyaning besh mingdan bir qismiga tezroq marra chizigʻiga yetib keldi va oltin medalga ega chiqdi. AQSh terma jamoasining yana bir aʼzosi Fred Kerley 9.81 soniya koʻrsatkich qayd etgan holda 3-oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Umumiy maʼlumot 100 metrga yugurish bahslari oʻn uchinchi bor Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan joy oldi. Final bahslarida 100 metrga yugurish boʻyicha eng yaxshi natijani qayd etgan Top–25 rekord sohiblarni, 6 nafar erkak atletlar ishtirok etdi. Bu esa Olimpiya oʻyinlari finalini tarixdagi eng shiddatli musobaqalardan biriga aylantirdi. Final bahslarida masofani eng tez bosib oʻtishga muvaffaq boʻlgan atlet Fred Kerley (9.76) va eng sekin natija qayd etgan Kenny Bednarekning (9.87) natijalar oʻrtasidagi farq atigi 0.11 soniyani tashkil etdi. Sport tarixida 100 metrga yugurish bahslari finalida birinchi marotaba yarim finalning oʻzida 10 soniyadan tezroq masofani bosib oʻtishga erishgan 8 nafar atlet ishtirok etdi. Jami 27 nafar yarim finalchidan 12 nafari 10 soniyadan tezroq yugurishdi, 8-oʻrinni egallagan yarim finalchi Kenny Bednarek va 12-oʻrinni egallagan Andre De Grasse oʻrtasidagi farq bor-yoʻgʻi 0,05 soniyani tashkil qildi.
Noah Lyles Parij−2024 Yozgi Olimpiasida 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, Kishane Thompson 0.005 soniyaga sekinroq natija bilan 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu esa Olimpiya oʻyinlari tarixida 100 metrga yugurish bahslarida 1–2-oʻrinlarni egallagan sportchilar qayd etgan natijalar oʻrtasidagi eng qisqa farqqa aylandi. Har ikkala atlet ham 9.79 soniyalik natija koʻrsatdi. Biroq Lyles masofani 9.784 soniyada bosib oʻtgan boʻlsa, Thompsonning vaqti 9.789 soniyaga teng boʻldi. Lyles startdan sekin chiqib, 85 metrlik masofaga qadar musobaqa medallariga davogar uch nafar sportchi orasida yoʻq edi. Biroq oxirgi 15 metrlik masofani hammadan tezroq bosib oʻtishga erishdi. Thompson esa masofaning oxirgi santimetrlariga qadar eng oldinda borayotgan boʻlishiga qaramay, soʻnggi metrlarda Lylesdan ortda qolib ketdi.
Kishane Tompson saralash bosqichida 9.80 natija qayd etgan holda final bahsiga yetib kelgan eng tezkor atlet boʻldi. Finalda sportchi stadionning 4-yoʻlagidan joy oldi. 6 va 7-yoʻlaklardan mos ravishda Oblique Seville va Noah Lyles joy oldi. Bu ikki atlet birinchi yarim final bosqichining oʻzidayoq oʻzaro kuch sinashdi va Seville 9.81 soniya natija qayd etgan holda masofani 9.83 soniyada bosib oʻtgan Lylesdan oʻzib ketdi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan Fred Kerley 9.84 soniyalik koʻrsatkich bilan musobaqaning 3-yoʻlagidan joy oldi va saralash bosqichida 4-oʻrinni egalladi.
5–8-yoʻlaklardan joy olgan atletlar mos ravishda ushbu yoʻlakda yugurgan va eng tez natija qayd etgan sportchilarga aylanishdi. 1 va 8-oʻrin egalari qayd etgan natijalar oʻrtasidagi farq atigi 0.12 soniyani tashkil etdi. Bu esa butun sport tarixida sportchilar koʻrsatgan natijalar oʻrtasidagi eng qisqa farq boʻldi. Shuningdek, yengil atletika bahslarining 100 metrga erkaklar oʻrtasida yugurish bahslarida ilk marotaba masofa barcha 8 nafar atletlar tomonidan 10 soniyadan tezroq vaqt ichida bosib oʻtildi.
Fred Kerley mavsumdagi eng yaxshi natijasini yangilagan holda masofani 0.01 soniyaga tezroq bosib oʻtdi va musobaqada 3-oʻrinni egalladi. Sportchi 9.82 soniya koʻrsatkich bilan Janubiy Afrika milliy rekordini oʻrnatdi. Shuningdek, atlet 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi natijasini ham yaxshilashga erishdi. Sportchi oʻsha musobaqada 4-oʻrinni egallagan edi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 100 metrga yugurish bahslari boʻyicha musobaqa chempioni Marcel Jacobs 9.85 soniya natija bilan Parij Olimpiadasida 5-oʻrinni egalladi. Shunday boʻlsa-da, sportchi tomonidan qayd etilgan natija uning uchun mavsumdagi eng yaxshi vaqt koʻrsatkichi boʻldi. Oltinchi oʻrinda masofani bosib oʻtgan Letsile Tebogo (fevral oyida 300 metrga jahon rekordini yangilagan) ham 9.86 soniya bilan Botsvana milliy rekordini oʻrnatdi.
Simbine tomonidan koʻrsatilgan 9.82 soniyalik natija ham final bahsida 1 va 2-oʻrinlardan keyingi pogʻonalarni egallagan va yarim final bahslarida gʻalaba qozona olmagan har qanday sportchining natijalaridan yaxshiroq boʻldi. Final bahslarida ishtirok etmagan eng koʻzga koʻringan atletlardan biri esa Ferdinand Omanyala edi.
2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 100 metrga erkaklar oʻrtasida yugurish bahslarida Qoʻshma Shtatlardan Justin Gatlin gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlib, shundan buyon ushbu musobaqalarda hali biror marta oltin medal AQSh sportchilariga nasib qilmayotgan edi. Lyles esa Parij Olimpiadasida Gatlindan keyin oltin medalga ega chiqqan birinchi AQShlik sportchiga aylandi. Lyles finalda qayd etgan natijasi orqali mavsumning va oʻzining shaxsiy rekordini yangiladi. 1 va 2-oʻrin sohiblari oʻrtasidagi farq shu qadar qisqa ediki, Leigh Diffey Amerikaning NBC Sports dasturi uchun bergan maʼlumotlarida amerikalik Noah Lyles oʻrniga yamaykalik Kishane Thompsonni gʻolib deb eʼlon qildi.
Parij Olimpiadasida kuchli 6 likni egallagan sportchilar tomonidan qayd etilgan natijalar 2012-yilgi Yozgi Olimpiadadan tashqari qolgan barcha oʻyinlarda 100 metrga yugurish bahslarining oltin, kumush va bronza medallarini kafolatlagan boʻlar edi. 6-oʻrinni egallagan Letsile Tebogo oʻzining 9.86 soniyalik natijasi bilan 2012 va 2020-yillardagi 100 metrga yugurish bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlardi.
Tavsifi Erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish bahslari 1896-yildan beri Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilib kelinmoqda. Yugurish musobaqalari eng nufuzli poygalardan biri boʻlib, Olimpiadadagi eng qisqa sprint musobaqasi hisoblanadi. Shu vaqtga qadar sportchilarning 2024-yilgi mavsum natijalari nisbatan pastroq edi. Aprel oyida amerikalik 17 yoshli oʻrta maktab yuguruvchisi Christian Miller dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan holda masofani 9.93 soniyada bosib oʻtdi. Iyun oyida koʻrsatkich yangilandi. Kishane Tompson 9.77, Ferdinand Omanyala 9.79, amaldagi jahon chempioni Noah Lyles 9.80 va Oblique Seville 9.82 soniyalik koʻrsatkich bilan mavsum yetakchilariga aylandi. +2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan oʻrnatilgan jahon rekordlariRekordAtlet (mamlakat)Vaqt (soniya)ManzilKunJahon rekordi9.58"All time Top lists – Senior – 100 Metres men ", World Athletics, 29 June 2024. Retrieved 29 June 2024.Berlin, Germaniya16-avgust 2009-yilOlimpiada rekordi9.63London, Birlashgan Qirollik5-avgust 2012-yilDunyo yetakchisi9.77"Season Top Lists – Senior 2024 – 100 Metres men ", World Athletics, 2024. Retrieved 29 June 2024.Kingston, Yamayka28-iyun 2024-yil +2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan hudud rekordlariHudud rekordlariAtlet (mamlakat)Vaqt (soniya)Africa9.77Osiyo9.83Yevropa9.80Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi9.58 (WR)Okeaniya9.93Janubiy Amerika9.96
Saralash Erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish musobaqalarida saralash muddati 2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 30-iyungacha ediSean McAlister, „How to qualify for athletics at Paris 2024. The Olympics qualification system explained “, Olympics.com, 20 December 2022. Retrieved 29 June 2024.. 48 nafar sportchi ushbu bahslar uchun 10.00 soniya yoki undan tezroq, shuningdek, Jahon atletika reytingi boʻyicha oʻtish vaqtini qayd etish orqali Olimpiadada ishtirok etishi mumkin edi. Har bir mamlakatdan maksimal 3 nafar sportchi Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritish imkoniga ega.
Natijalar
Dastlabki bosqichlar Dastlabki bosqich 3-avgust kuni ertalab soat 10:35 da (UTC+2) boshlandi"Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics ", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024.. Musobaqada 56 nafar sportchi ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Yana 16 nafar sportchiga universallik kvotasi orqali, shuningdek, 1 nafar atlet Olimpiya jamoasi nomidan oʻyinlarda ishtirok etdi. 200 metrdan 400 metrgacha boʻlgan boshqa musobaqalardan farqli oʻlaroq, 100 metrga yugurish bahslarida saralash bosqichidan keyingi takroriy tur oʻtkazilmadi. Buning oʻrniga, birinchi davra oldidan saralashda qayd etgan natijasi sekinroq boʻlgan sportchilar uchun dastlabki tur oʻtkazildi.
Har bir bosqichda eng yaxshi natija koʻrsatgan 2 nafar sportchi (S) va barcha guruhlardan 1–2-oʻrinlardan keyingi eng yaxshi natija qayd etgan 4 nafar eng yaxshi sportchi (s) 1-turga yoʻl oldi.
Saralash 1 Reyting Yoʻlak Atlet Millat Vaqt Izohlar 12Ebrahima Camara 10.29Q 23Muhd Azeem Fahmi 10.42Q 34Marc Brian Louis 10.43q 45Sha Mahmood Noor Zahi 10.64WR 56Seco Camara 10.76 67William Reed 11.29PB 78Karalo Maibuca 11.30WR Shamol: +0.6 m/s
Saralash 2 ReytingYoʻlakAtletMillatVaqtIzohlar12Davonte Howell10.31Q24Sibusiso Matsenjwa10.39Q36Didier Kiki10.76 (.755)45Hervé Toumandji10.76 (.760)57Kenaz Kaniwete11.29PB68Darko Pešić11.853Steven SabinoTR. 16.8Shamol: −0.3 m/s
Saralash 3 ReytingYoʻlakAtletMillatVaqtIzohlar12Noa Bibi10.27Q25Franko Burraj10.60 (.596)Q, PB34Favoris Muzrapov10.60 (.597)43Diu Chun Hei10.6256Melique García10.7667Rija Gardiner10.82PB79Manuel Ataide11.35WR88Samer Al-Yafaee11.54PBShamol: +0.1 m/s
Saralash 4 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar12Christopher Borzor10.26Q24Marcos Santos10.31Q, WR33Hachim Maaroufou10.44q49Taha Hussein Yaseen10.51q, PB55Ibadulla Adam10.55PB66Shaun Gill11.1778Scott Fiti11.61PB87Ahmed Essabai11.89Shamol: +0.2 m/s
Saralash 5 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar13Naquille Harris10.33Q22Lalu Muhammad Zohri10.35Q35Dominique Mulamba10.54q, =SB44Fodé Sissoko10.6657Joseph Green10.85SB66Winzar Kakiouea11.1579Remigio Santander11.65SB88Maleselo Fukofuka12.11PBShamol: −0.4 m/s
Saralash 6 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar12Arturo Deliser10.34Q24Dylan Sicobo10.51Q35Wissy Hoye10.5947Jalen Lisse10.64SB53Beppe Grillo10.6968Imranur Rahman10.73 (.727)SB76Waisake Tewa10.73 (.729)SB89Muhd Noor Firdaus Ar-Rasyid10.86SBShamol: +0.3 m/s
Birinchi tur Birinchi tur 3-avgust kuni ertalab 11:45 da (UTC+2) oʻtkazildi"Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics ", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024..
Saralash 1 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar15Kishane Thompson10.00Q26Benjamin Azamati10.08Q31Reynaldo Espinosa10.11Q42Felipe Bardi10.1859Akihiro Higashida10.1963Lalu Muhammad Zohri10.2678Kayhan Özer10.3487Sibusiso Matsenjwa10.394Jeremiah AzuShamol: +0.6 m/s
Saralash 2 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar12Ferdinand Omanyala10.08Q21Chituru Ali10.12Q37Joshua Hartmann10.16Q44Joshua Azzopardi10.2056Devin Augustine10.3169Erik Cardoso10.35 (.344)73Arturo Deliser10.35 (.347)85Jhonny Rentería10.3898Muhd Azeem Fahmi10.45Shamol: +0.2 m/s
Saralash 3 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar13Louie Hinchliffe9.98Q26Noah Lyles10.04Q34Shaun Maswanganyi10.06Q47Xie Zhenye10.1655Owen Ansah10.2268Ali Anwar Al-Balushi10.2671Naquille Harris10.3882Markus Fuchs10.5999Dylan Sicobo10.62Shamol: −0.2 m/s
Saralash 4 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar16Oblique Seville9.99Q24Abdul Hakim Sani Brown10.02Q32Puripol Boonson10.13Q43Favour Ashe10.16q55Duan Asemota10.1767Terrence Jones10.3171Marcos Santos10.4088Franko Burraj10.6699Oliwer Wdowik11.53Shamol: 0.0 m/s
Saralash 5 ReytingYoʻlakAtletMamlakatTimeNotes12Kayinsola Ajayi10.02Q24Marcell Jacobs10.05Q35Abdul-Rasheed Saminu10.06 (.053)Q46Benjamin Richardson10.06 (.060)q51Hassan Taftian10.18SB63Davonte Howell10.24 (.232)79Henrik Larsson10.24 (.232)87Paulo André de Oliveira10.468Marc Brian LouisShamol: −0.3 m/s
Saralash 6