„Greedy“- kanadalik qoʻshiqchi va raqqosa Tate McRaye tomonidan kuylangan qoʻshiq. U RCA Records tomonidan 2023-yil 15-sentabrida Think Later (2023)ikkinchi studiyaviy albomining birinchi qismi sifatida chiqarildi. Qoʻshiqni Amy Allen, Jasper Harris va OneRepublic nomli rok guruhining bosh qoʻshiqchisi Ryan Tedder bilan birgalikda McRae tomonidan yozilgan boʻlib, Grant Boutin bilan birgalikda qoʻshiq ishlab chiqilgan. Lirik jihatdan, McRae bu qoʻshiqni ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga bagʻishlangan sheʼr sifatida taʼriflagan. Qoʻshiq tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlib, Billboard Global 200 va Canadian Hot 100 roʻyxatlarida birinchi oʻrinni va Billboard Hot 100 roʻyxatida esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Qoʻshiq 2024-yilgi Juno mukofotlari marosimida yilning eng yaxshi qoʻshigʻi nominatsiyasida Juno mukofoti sovrindori boʻldi„Junos 2024: full list of winners“. CBC Music, March 23, 2024..
Tarixi va relizi 2022-yil dekabr oyida McRae birinchi marta oʻzining yangi musiqa davri haqida gapirib, u musiqaga ishtiyoqi ortgani va bundan keyin nimalar qilishini aytdi. Qoʻshiq uning hayotida yangi sahifani belgilab berdi. Qoʻshiq matnida uning barda bir erkak bilan uchrashuvi aks etgan, u erkakni sirli deb takidlagan. Oʻylab koʻrib, McRae uning fikriga qoʻshildi va qoʻshiqni yaratish koʻp vaqt olishini aytdidi. Keyin u oʻziga boʻlgan mutloq ishonch hissi bilan „Greedy“ni yozdi. Natija u kutgandek boʻldi, u buni ayollarga kuch bagʻishlovchi qoʻshiq deb taʼrifladi. Qoʻshiqchining taʼkidlashicha, bu qoʻshiqda odamlar birinchi marta uni koʻproq shijoatli va quvnoq tomonlariga guvoh boʻlishdi va bu koʻplab tomoshabinlar uchun ham kutilmagan boʻldi.
Qoʻshiq 2023-yil yanvar oyida yozilgan boʻlib, 4-avgust kuni McRaening TikTok sahifasida quvnoq janrda olib chiqildi. Keyinchalik platformada bunga turli xil ovozlarda 200 000 dan ortiq videolar yasaldi. Billboard jurnali yozuvchisi Kyle Denisning taʼkidlashicha, qoʻshiq TikTokga yoʻnaltirilgan reklama rejasining muvaffaqiyatli namunasi, chunki u tasodifiy mashhurlik emas, balki McRae tomonidan muntazam ravishda qoʻshiqning kulgili qismlarining muvaffaqiyatga erishuvi edi.
Klipi 2023-yil 15-sentabrda rejissyor Aerin Moreno boshchiligida musiqiy klip ommaga taqdim etildi. Vizual tasvirlar boʻsh xokkey arenasiga oʻrnatilgan va McRae xokkey qoʻlqopini kiygan holda muz tekislovchi mashina haydayotgani tasvirlangan. Keyingi raqs sahnalari esa Sean Bankhead tomonidan ijro etilgan. Rolling Stone jurnali muharriri Tomas Mierning taʼkidlashicha, McRae ushbu klipida xokkeyga boʻlgan muhabbatini koʻrsatibgina qolmay, u Kanada merosi ekanligini ham tan olgan.
Chart koʻrsatkichlari Statiskiga koʻra, qoʻshiq Avstriya, Kanada, Norvegiya va Daniya mamlakatlari xit-paradlarida yuqori oʻrinlarni, soʻnggi ikki mamlakatda esa birinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u kamida 20 ta mamlakatda, jumladan Avstraliya, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Polsha, Shveysariya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlarda kuchli oʻntalikka, Braziliya va Italiyada esa kuchli 50 talikka kirdi. Bu uning Billboard Hot 100 roʻyxatida kuchli oʻntalikka kirgan birinchi qoʻshigʻi boʻlib, u 3-oʻrinni qayd etgan.
Chartlar
Haftalik chartlar Chart (2023–2024) Yuqorinatija (ARIA) 2 (TopHit) 2 (Brasil Hot 100) 44 (PROPHON) 1 (HRT) 2 (Tracklisten) 1 (SNEP) 6 (IFPI) 1 (Plötutíðindi) 4 India International Singles (IMI) 4(Billboard) 11 (Media Forest) 4(FIMI) 40 (Billboard Japan) 10(LAIPA) 2 (Lebanese Top 20) 4 (AGATA) 2 (Billboard) 1 (Billboard) 1 MENA (IFPI) 2 (Recorded Music NZ) 2(TurnTable Top 100) 52 (VG-lista) 1 (PRODUCE) 5 (Monitor Latino) 8 (Billboard) 10 (Polish Airplay Top 100) 3 Poland (Polish Streaming Top 100) 6 (Billboard) 14 (SMRRTV Top 50) 4(IFPI) 15 (RIAS) 1 (Billboard) 19 (PROMUSICAE) 50 (IFPI) 1 (Vietnam Hot 100) 47
Oylik chartlar Chart (2023–2024) yuqorinatija Brazil Streaming (Pro-Música Brasil) 49 CIS (TopHit) 32 (SGP) 16 (TopHit) 1 (TopHit) 18
Yil yakunlari boʻyicha chartlar Chart (2023)Oʻrni (ARIA) 49 (Ö3 Austria Top 40) 36 (Ultratop Flanders) 71 (Ultratop Wallonia) 74 CIS (TopHit) 109 (Trek roʻyxati) 55 (SNEP) 117(Official German Charts) 53 (Single Top 40) 19 (Dutch Top 40) 23 (Single Top 100) 34 (Polish Airplay Top 100) 77 (Polish Streaming Top 100) 74 (Schweizer Hitparade) 33 (OCC) 74
Chiqarilish tarixi Hudud Sana Tuzilishi Turi Leybl Turli xil 15-sentyabr, 2023-yil RCA Qoʻshma Shtatlar 18-sentyabr, 2023-yil Hot adult contemporary radio Original 19-sentyabr, 2023-yil Contemporary hit radio Italiya 22-sentyabr, 2023-yil Radio airplay Sony Turli xil 27-oktyabr, 2023-yil Remixes RCA 15-mart, 2024-yil Drill remix by Waynetic Epomsic
Manbalar
Turkum:2023-yil qoʻshiqlari Turkum:2023-yil singllari Turkum:Tate McRae qo'shiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Daniyada birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi chartida yetakchilik qilgan singllar