Ashxobod futbol klubi () – Ashxobodda joylashgan turkman professional futbol klubi. Klub Turkmaniston futbolining oliy divizioni, Yokari ligasida ishtirok etadi. Jamoaning uy stadioni „Nusay“ stadioni hisoblanadi. Klub 2006-yil Ashxobodda tashkil etilgan. Jamoa oʻzining Turkmaniston Oliy dvizionidagi dastlabki mavsumida 3-oʻrinni egallagan. Klubning debyut yilida Ali Gurbani murabbiylik qilgan. Ashxobod jamoasi 2007-yilgi mavsumda murabbiy Rahym Kurbanmämmedow qoʻl ostida birinchi chempionligini qoʻlga kiritilgan.

Tarix „Ashxobod“ klubining birinchi mavsumida Ali Gurbani bosh murabbiylik qilgan. Biroq mavsum oʻrtalarida, liga autsayderi „Turan“ jamoasidan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng Gurbani ishdan boʻshatilgan.

Ali Gurbanining oʻrniga Rahym Kurbanmämmedow olib kelingan. Kurbanmämmedow boshchiligidagi jamoa 2006-yilda klub bronza medalini qoʻlga kiritilgan. Keyingi yili jamoa ilk chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. Klub 2008-yilgi mavsumda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogida Turkmaniston nomidan ishtirok etgan va Osiyoning uchinchi yirik klub turniri, AFC Prezidenti kubogida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritilgan.

2008-yil iyul oyida „Ashxobod“ klubi FK Shagadam klubini penaltilar seriyasida magʻlub etib, Turkmaniston Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi mavsum oxirida klub murabbiy Kurbanmämmedow boshchiligida ikkinchi bor chempionlikni qoʻlga kiritgan.

2019-yilning avgust oyida Sayid Seyidov „Ashxobod“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Biroq 2020-yil mavsum boshida Seyidov oʻrniga murabbiy Koʻchumov tayinlangan.

Mahalliy tarix Mavsum Liga Turkmaniston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy Div. Pos. Pl. W D L GS GA P Ism Liga20061st3281468402448 Ali Gurbani Rahym Kurbanmämmedow20071st1281945441461 Rahym Kurbanmämmedow20081st120164048452 Berdi Şamyradow Mämmedaly Garadanow11 Rahym Kurbanmämmedow Amangylyç Koçumow20091st416925242429Chorak final Berdi Şamyradow18 Amangylyç Koçumow20101st618756291926Birinchi bosqich Berdi Şamyradow11 Amangylyç Koçumow20111st3362349794172Ikkinchi oʻrin Amangylyç Koçumow20121st9325423288019Birinchi bosqich Amangylyç Koçumow20131st43620412765264 Elman Tagayev22 Amangylyç Koçumow20141st73613716574746 Amangylyç Koçumow20151st33618513574259Chorak final Berdi Şamyradow Amangylyç Koçumow Tofik Şukurow20161st636141012433852Ikkinchi oʻrin20171st53213613324445Chorak final Tofik Şukurow20181st7287615234127Chorak final20191st6288713294431Yarim final Amangylyç Koçumow Said Seyidov20201st52810612354536Chorak final Said Seyidov Döwletmyrat Annaýew

Kontinental tarix Mavsum Musoboqa Bosqich Klub Uy Safar Umumiy natija2008MDH kubogiGuruh bosqichi FC Zenit Sankt Peterburg2–14th Sheriff Tiraspol0–4 Levadia Tallinn0–12008AFC prezidenti kubogiGuruh bosqichi Kan Baw Za0–11st Transport United7–1 Ratnam SC2–0Yarim final Regar-TadAZ3–42009MDH kubogiGuruh bosqichi Rossiya U210–04th MTZ-RIPO Minsk0–4 Ekranas1–32009AFC prezidenti kubogiGuruh bosqichi Sri Lanka Army5–11st Abahani Limited0–0Yarim final Dordoy-Dinamo Norin1–2

Yutuqlar Turkmaniston Yokari ligasi Chempion (2): 2007, 2008 Turkmaniston Superkubogi Gʻolib (1): 2007

Mashhur futbolchilar Maksim Kazankov Ruslan Mingazow Elman Tagayev

Murabbiylar Amangylyç Koçumow (2016–2019) Said Seyidov (2019–2020) Döwletmyrat Annaýew (2020–hozirgacha)

Manbalar

Havolalar Futbol SNG Go Football-dagi Ashxobod futbol klubi sahifasi

Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Turkmaniston futbol klublari Turkum:Ashxoboddagi futbol klublari Turkum:2006-yilda Turkmanistonda tashkil etilganlar Turkum:2006-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Ashxoboddagi sport klublari