Kubaro Hakimova (2002-yil 31-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. F41 klassidagi musobaqalarda ishtirok etib keladi. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush medal sohibasi.
Tarjimayi holi Kubaro Hakimova 2002-yil 31-yanvarda tugʻilgan.
Faoliyati 2018-yilda Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosiga aylangan. Murabbiyi – Sardor Abduxoliqov.
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2023-yilda Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu natija Kubaroga 2024-yilgi Yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkonini taqdim etgan.
2024-yilda Parijdagi paralimpiya oʻyinlarining F41 klassidagi yadro uloqtirish musobaqasida ishtirok etib, 10.36 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan. Mukofotlari „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil)
Manbalar
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:31-yanvarda tugʻilganlar