Dona Maria Amélia – (Fransuzcha: Marie Amélie Louise Hélène, 1865-yil 28-sentabr – 1951-yil 25-oktabr) Shahzoda Carlos I ning rafiqasi, Portugaliyaning oxirgi malikasi. U 1895-yilda Portugaliya regenti boʻlgan.

Nasabi Amélia shahzoda Philippening toʻngʻich qizi boʻlib, tugʻilgandan buyon Orléan malikasi hisoblanadi. Uning ota tomon bobo va buvisi shahzoda Ferdinand Philippe – Orléan gertsogi, Duchess Helena – Mecklenburg-Schwerin gertsogi hisoblangan. Ona tomondan bobo va buvisi shahzoda Antoine Montpensier gertsogi, Infanta Louisa Fernanda Ispaniyalik boʻlishgan. Orléan va Montpensier gertsoglari aka-ukalar boʻlib, ikkisi ham Fransiya qiroli Louis-Philippe I ning oʻgʻillaridir.

Hayoti

Malika Amélia 1886-yil 22-mayda Portugaliya shahzodasi Carlosga turmushga chiqqan. U shu vaqtda taxt vorisi hisoblangan. Amélia 21 yoshda, Carlos 23 yoshda boʻlgan. Ular uch nafar farzand koʻrgan.

Farzandlari:

•Luís Filipe (1887-yil 21-mart – 1908-yil 1-fevral).

•Infanta Maria Anna (1887-yil 14-dekabrda tugʻilgan).

•Manuel II (1889-yil 15-noyabr – 1932-yil 2-iyul).

Amélia qirolicha sifatida siyosatda faol ishtirok etgan. Sil kasalligining oldini olish, davolash, sanatoriyalar, dorixonalar, xayriya jamgʻarmalari tashkil qilish va boshqa ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etgan. Portugal tilini yaxshi oʻrgangan, opera, adabiyot, teatrga qiziqqan, kundalik yozgan hamda rasmlar chizib turgan. 1985-yilda turmush oʻrtogʻining oʻrniga regent sifatida ishlagan. 1902-yilda Oʻrta Yer dengiziga sayohat qilgan. 1892-yilda Rim papasi Leo XIII Améliaga oltin atirgul sovgʻa qilgan.

1908-yil 1-fevralda Qirol Carlos va oilasi Lissabon shahri markazidan Necessidades saroyiga ketayotib, Rua do Arsenalda olomon orasidagi ikki nafar notanish kimsalar tomonidan oʻqqa tutiladi. Qirol oʻsha joyda vafot etgan, uning merosxoʻri shahzoda Dom Luis qattiq yaralangan, yosh bola boʻlgan Dom Manuel qoʻlidan jarohat olgan. Qirolicha Amélia oʻzining kenja oʻgʻli Manuel IIni oʻzi yasagan guldastalar bilan himoya qilib, saqlab qolishga ulgurgani takidlanadi. Ikki qotil soqchilar tomonidan otib oʻldirilgan. Hokimiyat Portugaliyalik Manuell II qoʻliga oʻtishidan koʻp oʻtmay, 1910-yil 5-oktabrda oktabr inqilobi harbiy toʻntarishi sodir etiladi. Shu bilan Portugaliya Birinchi Respublikasi tashkil topadi. Qirolicha Amélia qirollik oilasining boshqa aʼzolari bilan Portugaliyani tark etib surgunga ketgan. Shu bilan u hayotining koʻp qismini Fransiyada oʻtkazadi. 1949-yilda u bosh vazir Antonio de Oliveyra taklifiga koʻra Portugaliyadagi mol-mulkini oʻzining xudojoʻy oʻgʻli Braganza gertsogi Duarte Pioga qoldirgan.

Vafoti Qirolicha Amélia 1951-yil 25-oktabr ertalab soat 9:35 da uremiya kasalligidan vafot etadi. Davlat dafn marosimi oʻtkazilib, qirolicha San-Visente-de-Fora monastiridagi Braganzas panteonida dafn etilgan.

Unvonlari Vila Viçosa kontseptsiyasi qirollik ordeni Iso Masih Qirollik ordeni, Buyuk Xoch Ritsari „Uch orden“ ordeni. 1909-yil 9-may Qirolicha Avliyo Isabel ordeniJustus Perthes, Almanach de Gotha (1921) p. 26 Yulduzli xochning imperator va qirollik ordeni Maltaning Suveren Harbiy Ordeni Qirolicha Maria Luisa ordeni Avliyo Catherine Imperator ordeni Manbalar

Turkum:Portugaliya kishilari Turkum:Portugaliya prezidentlari Turkum:Portugaliya tarixi Turkum:Portugaliya qirolichalari Turkum:Fransuz ayollari Turkum:19-asr Fransuz ayollari Turkum:19-asr Fransuz aholisi