Simone Inzaghi (; 1976-yil 5-aprelda tugʻilgan) – italiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Saudiya Pro ligasining „Al Hilol“ klubi bosh murabbiyi. Ogʻzaki va ogʻzaki boʻlmagan, murabbiylik muloqot uslubi tufayli „Il demone di Piacenza“ („Pyachensalik iblis“) laqabini olgan. Inzaghi 3-5-2 taktik uslubini futbolda jonlantirgani bilan mashhurAppearance in UEFA Super Cup.
Inzaghi futbolchilik faoliyatini 1994-yilda Pyasenza bilan boshlagan, biroq bir qancha klublarga, jumladan Novara va Lumezzanega ijaraga berilgan. Ijarada oʻynagan davrida 1996 va 1997-yillarda ketma-ket C seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Inzaghi faoliyati davomida uchta Italiya kubogi, bitta Italiya Superkubogi va bitta UEFA Superkubogi sovrinlarini qoʻlga kiritgan. Simone shuningdek, 2010-yilda faoliyatini yakunlashdan oldin „Sampdoriya“ va „Atalanta“ klublarida ijara asosida oʻynagan. Xalqaro miqyosda Indzagi 2000—2003-yillar oraligʻida Italiya terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan.
Simone murabbiylik faoliyatini 2010-yildan buyon Lazio klubning yoshlar jamoalarini boshqarishdan boshlagan. 2016-yilda „Latsio“ jamoasi Simoneni bosh murabbiy etib tayinlagan va katta murabbiylik faoliyati boshlagan. Lazio jamoasi murabbiyligida bir marta Italiya kubogi va ikki marta Italiya Superkubogida gʻolib chiqqan. Inzaghi 2021-yilda Milanning „Inter“ jamoasibilan shartnoma imzolagan. Inter jamoasi murabbiyi sifatida bir marta A Seriya, ikki marta Italiya kubogi, ketma-ket uchta Italiya Superkubogi gʻolibi va 2023-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan.
Boshqaruv uslubi Inzaghi oʻz oʻyinchilaridan maksimal foyda olish bilan hurmat qozongan. Simone oldinga oʻtishni va hujumkor oʻyinga qoʻshilishni yaxshi koʻradigan qanot himoyachilari bilan 3-5-2 sxemasini qoʻllashi bilan mashhur. Uning afzal koʻrgan taktik tuzilishida ikkita markaziy hujumchi yarim himoyada qolgan ikki oʻyinchidan oldiroqda boʻlgan hujumkor yarim himoyachi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Bu taktik jihatdan qulay tizim boʻlib, qanot himoyachilari himoyaga qaytganida 5-3-2 xolatiga oʻtib, hujumkor uslub boʻlmagandek koʻrinadi. Inzaghi, shuningdek, oʻz jamoasini oʻyin davomida hisobni saqlab qolish va himoyalanishdagi koʻp qirrali ekanligi bilan mashhur. „Latsio“ jamoasidagi faoliyati davomida Simone raqiblari toʻpni egallab turganda qaytarib olish uchun yuqori pressing va oʻrta blokni amalga oshirgan. 2022-yilda CBS Soccer’dan Franchesko Porzio Indzagi oʻz oʻyinchilariga oʻzidan oldingi Antonio Contega qaraganda taktik jihatdan koʻproq erkinlik berganini va bu jamoa oʻyinlariga ijobiy taʼsir koʻrsatganini taʼkidlagan. Indzagining „Inter“ jamoasidagi 2023-yilgi Chempionlar ligasi finali oldidan Pep Guardiola boshchiligidagi „Manchester City“ jamoasiga qarshi taktik yondashuvi The Independent nashri jurnalisti Migel Delaney tomonidan „reaktiv“ deb taʼriflangan va „oʻyin uslubini aniqlash qiyin“ ekanligini taʼkidlagan. Indzagi qoʻl ostidagi „Inter“ oʻyinidagi tendentsiyalar va shuning uchun Inzagi jamoalari bilan toʻqnash kelishga tayyorlanish raqib murabbiylari uchun qiyinchiliklar tugʻdirgan, chunki ularning oʻyin uslubini oʻqish qiyin edi. Oʻzining taktik mahoratidan tashqari, Inzaghi menejer sifatida oʻzining yetakchilik fazilatlari uchun ham maqtovga sazovor boʻlgan. BBC Sport vakili Jeyms Xornkasl ham Inzaghi haqida 2023-yilda „…u oʻyinlardagi turli xil vaziyatlarga moslasha oladigan, yaxshi boshqaruvchi odam“ ekanligini taʼkidlagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKLubMavsumLigaItaliya kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPiacenza1993–94Serie A00–––001997–98Serie A0010––101998–99Serie A301500––3015Jami301510––3115Carpi (ijara)1994–95Serie C190–––90Novara (ijara)1995–96Serie C2234–––234Lumezzane (ijara)1996–97Serie C2236–––236 (ijara)1997–98Serie C12110–––2110Lazio1999–2000Serie A227631191040192000–01Serie A1341093002372001–02Serie A2052160–2862002–03Serie A1843184–2992003–04Serie A2364153–32102004–05Serie A1211031001622005–06Serie A702100–912006–07Serie A5000––502008–09Serie A9110––1012009–10Serie A3000000030Jami1332820742201019655Sampdoria (ijara)2004–05Serie A5020––70Atalanta (ijara)2007–08Serie A19000––190Umumiy faoliyat2626323742201032890
Terma jamoa
ItaliyaYilOʻyinlarGollar200020200100200200200310Jami30
Murabbiylik statistikasi
+Jamoa va xizmat muddati boʻyicha boshqaruv rekordiJamoaMillatDanGachaNatijalarLazio2016-yil 3-aprel2021-yil 27-mayInter Milan2021-yil 1-iyulhozirgachaUmumiy statistika
Yutuqlar
Futbolchi Novara
C2 seriyasi: 1995–96
Lumezzane
C2 seriyasi: 1996–97
Latsio
A seriya: 1999/2000 Italiya kubogi: 1999/2000 , 2003/2004 , 2008/2009 Italiya Superkubogi: 2000-yil UEFA Superkubogi: 1999-yil
Murabbiy Latsio
Italiya kubogi: 2018/2019 Italiya Superkubogi: 2017, 2019
Inter Milan
A Seriya: 2023/2024 Italiya kubogi: 2021/2022, 2022/2023 Italiya Superkubogi : 2021, 2022, 2023 UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin sohibi: 2022/2023
Individual
A Seriyada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2021-yil dekabr, 2023-yil oktyabr, 2024-yil yanvar, 2024-yil aprel Enzo Bearzot mukofoti: 2024 A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi: 2023–24
Izohlar
Manbalar
Havolalar
AIC profile National team data Italia1910 profile
Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Piacenza Calcio 1919 futbolchilari Turkum:Novara FC futbolchilari Turkum:AC Carpi futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:UC Sampdoria futbolchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie C futbolchilari Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:SS Lazio murabbiylari Turkum:Inter Milan murabbiylari Turkum:Serie A murabbiylari