An-72 – koʻp maqsadli sovet transport-samolyoti. O.K. Antonov konstruktorlik byurosida ishlab chiqilgan. Fuqaro aviatsiyasidagi yagona ikki dvigatelli UVP reaktiv samolyot hisoblanadi.

Samolyot deyarli 40 yildan buyon Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari va dunyoning boshqa bir qator mamlakatlaridagi tizimlarda xizmat qilmoqda. „An-72“ning turli xil modifikatsiyadagi ekspluatatsiyasi bugungi kungacha davom etmoqdaNikolay Yakubovich, Vse samoleti O. K. Antonova.. Koʻp maqsadli An-72, parvoz balandligi boʻyicha transport samolyotlari orasida rekord natijani oʻrnatgan. An-72 asosida koʻp maqsadli An-74 transport-samolyoti yaratilgan.

Tarixi An-72 ilk parvozini 1977-yil 31-avgustda amalga oshirganZnakomtes: An-72 // jurnal „Krilya Rodini“, № 2, 1981. S. 22—24.. 1983-yil noyabr oyida sinov uchuvchilari Marina Popovich va Sergey Maksimov An-72 samolyotida maksimal parvoz balandligi boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdilar – 13410 metr. 1985-yilda sinov uchuvchisi S. A. Gorbik An-72 samolyotida umumiy 2000 km yoʻlda 681,8 km/soat tezlikka erishgan.

Manbalar

Turkum:Antonov samolyotlari