2022-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 100-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. Bu yilgi final uchrashuvi 2022-yil 30-iyulda boʻlib oʻdi va unda „Liverpool“ jamoasi „Manchester City“ni 3:1 hisobida magʻlub etib, 16 yil ichida ilk bor, tarixidagi esa 16-marotaba kubokni boshi uzra baland koʻtardi.

UEFA Ayollar o‘rtasidagi Yevro-2022 finaliga mezbonlik qilganligi sababli oʻyin 10 yil ichida birinchi marta odatiy Wembley stadionidan tashqarida boʻlib oʻtdi. Finlaga „Leicester City“ jamoasining uy uchrashuvlari oʻtkaziladigan King Power Stadium mezbonlik qildi. Stadionsigʻimi juda kichik boʻlganligi sababli unga bor yoʻgʻi 28 545 tomoshabin tashrif buyurdi, „Charity Shield“ va „Community Shield“ nomida oʻtkazilgan turnirlar orasida 1973-yildan buyin eng past koʻrsatgich boʻldi. Oʻsha oʻyinda „Burnley“ va „Manchester City“ klublari toʻqnash kelgan boʻlib oʻyinni tomosha qilish uchun 23 988 kishi tashrif buyurgan edi.

Uchrashuv Buyuk Britaniyaning ITV telekanalida jonli efirda namoyish etildi.

Tarixi „Liverpool“ Angliya kubogi finalning asosiy vaqtidagi 0:0 hisobida durangdan soʻng „Chelsea“ni penaltilar seriyasida 6:5 hisobida magʻlub etishi orqali supekubokka yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. „Manchester City“ esa 2021-2022-yilgi mavsum Angliya Premyer-ligasida tengsiz deb topildi. Jamoalar 2019-yilgi FA Community Shield turnirida ham toʻqnash kelgan boʻlib, ushbu oʻyinda penaltilar seriyasida „Shaharliklar“ning qoʻli baland kelgan edi. Tafsilotlar

GK 13 AdriánRB 66 Trent Alexander-Arnold CB 32 Joël MatipCB 4 Virgil van DijkLB 26 Andrew RobertsonCM 14 Jordan Henderson (c) CM 3 FabinhoCM 6 Thiago Alcântara RF 11 Mohamed Salah CF 9 Roberto Firmino LF 23 Luis Díaz Substitutes:GK 95 Harvey DaviesDF 2 Joe GomezDF 5 Ibrahima KonatéMF 7 James Milner MF 8 Naby Keïta MF 17 Curtis Jones MF 19 Harvey Elliott FW 27 Darwin Núñez FW 28 Fábio Carvalho Manager: Jürgen Klopp GK 31 EdersonRB 2 Kyle WalkerCB 3 Rúben Dias (c) CB 6 Nathan AkéLB 7 João CanceloCM 17 Kevin De Bruyne CM 16 RodriCM 20 Bernardo SilvaRF 26 Riyad Mahrez CF 9 Erling HaalandLF 10 Jack Grealish Substitutes:GK 18 Stefan OrtegaDF 5 John StonesDF 79 Luke MbeteDF 97 Josh Wilson-EsbrandMF 4 Kalvin PhillipsMF 8 İlkay Gündoğan MF 47 Phil Foden MF 80 Cole PalmerFW 19 Julián Álvarez Manager: Pep Guardiola

Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: Darwin Núñez (Liverpool)

Yordamchi hakamlar: Harry Lennard (Sussex) Nick Hopton (Derbyshire) Toʻrtinchi hakam: Darren England (Sheffield & Hallamshire) Zaxira yordamchi hakam: Tim Wood (Gloucestershire) Video assistent referi John Brooks (Leicestershire) Yordamchi Video assistent referi: Lee Betts (Norfolk)Oʻyin qoidalari 90 daqiqa Penaltilar seriyasi agar durrang qayd etilsa Toʻqqiz zaxira futbolchisi, oltitasi maydonga tushirilishi mumkin

Manbalar

Turkum:Manchester City F.C. oʻyinlari Turkum:Angliya futboli Turkum:Liverpool F.C. oʻyinlari Turkum:FA Community Shield