Olga Fedorovna Bardashevskaya (Qizlik familyasi Kiss; 1919-yil, Odessa, Ukraina SSR, SSSR – 2002-yil 29-mart, Odessa, Ukraina) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, mergan ayol.
Biografiyasi 1919-yilda Odessada tugʻilgan.
Ulugʻ Vatan urushigacha Odessada yashagan, pedagogika institutida taʼlim olgan, shu yerda oʻqchilar toʻgaragida qatnashgan, VLKSM aʼzosiga aylangan. Urush boshlanishi bilan koʻngilli ravishda frontga joʻnab ketgan, gospitalda hamshira boʻlib ishlagan, maxsus kurslarni tugatgan. Gospitaldagi hamshiralar snayperlar maktabiga qabul qilinayotgani haqidagi mish-mishlarni eshitgach, Olga gospital boshligʻiga murojaat qilib, ushbu maktabga yuborishni soʻragan. Moskva yaqinidagi Podolsk shahridagi snayperlar maktabidagi mashgʻulotlar tezlashtirilgan dastur boʻyicha oʻtkazilgan va Bardashevskaya uni aʼlo darajada tugatgan: bitiruvchilar orasida faqat unga VLKSM Markaziy qoʻmitasi tomonidanSredi nagrajdyonnix imennimi snayperskimi vintovkami boysov RKKA bili jenщini-snayperi: N. P. Petrova, O. F. Bordashevskaya, , , . (Ye. N. Nikiforova. Rojdyonnaya voynoy. A. V. Morozov. Neytralnaya polosa. M., „Molodaya gvardiya“, 1985.) shaxsiy qurol – Olganing oʻzi „Ivan Ivanovich“ deb atagan 7935 raqamli AI miltigʻi topshirilgan.
1943-yil dekabrdan boshlab Bardashevskaya harakatdagi armiyada xizmat qila boshlagan. 730-oʻqchi polkining 1-oʻqchi bataloni 1-oʻqchi rotasining snayperi (204-oʻqchi diviziya, 51-armiya) boʻlib xizmat qilgan. Urush yillarida katta serjant O. F. Bardashevskaya 108 ta dushman askarlari va zobitlari yer tishlatgan.
Urushdan soʻng Olga Bardashevskaya Odessaga qaytib kelgan, unga 2-guruh nogironligi belgilangan, ammo u ishlashni va jamoat ishlari bilan shugʻullanishni davom ettirgan. KPSS aʼzosi sifatida Olga keyinchalik Sovet Tinchlikni himoya qilish qoʻmitasining mas’ul kotibi boʻlgan. 2002-yil 29-martda vafot etganSmirnov V. A. Rekviem XX veka. V 5-ti chastyax s epilogom. Ch. 3. Izdanie vtoroe, dopolnennoe i ispravlennoe/ V. A. Smirnov. Odessa: Astroprint, 2016, 920 s..
O. F. Bardashevskaya 3- va 2-darajali Shuhrat ordenlari, shuningdek, „Jasorati uchun“ medali bilan taqdirlangan. Manbalar
Turkum:1919-yilda tugʻilganlar Turkum:29-martda vafot etganlar Turkum:2002-yilda vafot etganlar Turkum:Katta serjantlar (SSSR) Turkum:III darajali Shuhrat ordeni sohiblari Turkum:II darajali Shuhrat ordeni sohiblari Turkum:Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari