Tojikiston birinchi marta 1996-yilda mustaqil davlat sifatida Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan va o‘shandan beri har bir yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish uchun sportchilarni yuborgan. Ushbu mamlakat 2002-yildan beri Qishki Olimpiada o‘yinlarida ham ishtirok etib keladi. Bugungi kunga qadar Andrei Drygin Qishki Olimpiada o‘yinlarida Tojikistonni vakili boʻlgan ikki kishidan biri hisoblanadi. U 2002, 2006 va 2010-yillarda o‘z mamlakatining yagona ishtirokchisi bo‘lgan.
Ilgari tojik sportchilari 1988-yilgacha Sovet Ittifoqi tarkibida Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan va Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Tojikiston 1992-yilda Yagona terma jamoa tarkibidagi musobaqalarda qatnashgan. Tojikiston SSRdan quyidagi sportchilar Sovet Ittifoqi uchun medal sohiblari bo‘lishgan: Yuriy Lobanov, Zebiniso Rustamova, Nelli Kim va Andrey Abduvaliyev.
Tojikiston 2008-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida birinchi Olimpiya medalini qo‘lga kiritdi, o‘shanda Rasul Boqiev erkaklar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha 73 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Dilshod Nazarov 2016-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida bolg‘a uloqtirish bo‘yicha Tojikiston uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Tojikiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi 1992-yilda tashkil etilgan va 1993-yilda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan.
Medallar roʻyxati
Yozgi o‘yinlar bo‘yicha medallari OʻyinlarSportchilarOltinKumushBronzaJamiDaraja 1900–1912 bir qismi sifatida 1952–1988 bir qismi sifatida 1992 bir qismi sifatida 1996 8 0 0 0 0 - 2000 4 0 0 0 0 - 2004 9 0 0 0 0 - 2008 13 0 1 1 2 64 2012 16 0 0 1 1 79 2016 7 1 0 0 1 54 2020 11 0 0 0 0 - 2024 15 0 0 3 3 792028 2032 Jami 1 1 5 7 104
Qishki o‘yinlar bo‘yicha medallari OʻyinlarSportchilarOltinKumushBronzaJamiDaraja 1952–1988 bir qismi sifatida 1992 bir qismi sifatida 1994 ishtirok etmadi 1998 2002 1 0 0 0 0 – 2006 1 0 0 0 0 – 2010 1 0 0 0 0 - 2014 1 0 0 0 0 - 2018 Ishtirok etmadi 2022 2026 Kelajakdagi tadbir 2030 2034 Jami 0 0 0 0 -
Sport turlari bo‘yicha medallar
Medallar ro‘yxati Medal Ismi OʻyinSportMusobaqa Yusup Abdusalomov 2008-yil Pekin Kurash Erkaklar o‘rtasida erkin usul 84 kg Rasul Boqiev 2008-yil Pekin Dzyudo Erkaklar o‘rtasida 73 kg Mavzuna Chorieva 2012-yil London Boks Ayollar uchun engil vazn toifasida Dilshod Nazarov 2016-yil Rio de Janeiro Yengil atletika Erkaklar oʻrtasida tosh uloqtirish Somon Makhmadbekov 2024-yil Parij Dzyudo Erkaklar 81 kg Temur Rakhimov 2024-yil Parij Dzyudo Erkaklar +100 kg Davlat Boltaev 2024-yil Parij Boks Erkaklar 92 kg
Havolalar
Turkum:Mamlakatlar Olimpiada oʻyinlarida