Boris Semyonovich Baklunov (; 1913-yil 24-iyul, Qizilarvot – 1978-yilda vafot etgan) – sovet futbolchisi, futbol hakami va sport jurnalistida faoliyat olib borgan.
Biografiya Boris Baklunov 1913-yil 24-iyulda Zakaspiy viloyatining Qizilarvot shahrida (hozirgi Qizilarbat, Turkmanistonning Bolqon viloyati) tugʻilgan.
1935—1936 va 1942—1953-yillarda Qizil Armiya saflarida xizmat qilgan. Boris siyosiy xodim boʻlib, kapitan unvoniga ega edi. Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan.
Baklunov Oʻzbekiston SSR chempionatida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi tarkibida havaskorlar darajasida futbol oʻynagan.
Keyinchalik futbol hakamlik faoliyatini boshlagan va SSSR musoboqlarida Toshkentlik hakam sifatida ishtirok etgan. 1955—1966-yillarda SSSR chempionati va kubogi bahslarida ishlagan. 1959-yil 7-yanvardan Sovet Ittifoqi Oliy toifali hakami boʻlgan. 1960—1963-yillarda Boris bosh hakam va yordamchi sifatida SSSR Oliy ligasining 6 ta uchrashuvini boshqargan. Oʻzbekiston SSR futbol hakamlar hay’ati raisi, Butunittifoq hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan.
Sport jurnalisti sifatida ishlagan. Boris futbol oʻyinlaridan reportajlar va haftalik „Futbol“ va Oʻzbekistonning „Pravda Vostoka“ respublika gazetasida maqolalar chop etgan.
Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi oʻyinlari dasturlari hammuallifi boʻlgan.
1978-yilda vafot etgan.
Mukofotlar
„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali Faxriy hakam koʻkrak nishoni (1963).
Manbalar
Havolalar
Turkum:24-iyulda tugʻilganlar Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:Qizilarvotda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha hakamlar Turkum:SSSR futbol hakamlari Turkum:Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Toshkentlik kishilar Turkum:Sport jurnalistlari