Soʻfi qishloq jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida joylashgan masjid . 1998-yil 20-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1989-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qurilishi Masjid binosi 1991-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 2000 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. 2020-yilda masjid xonaqosi joriy taʼmirdan chiqarilgan qayta taʼmirlangan.
Masjidning 2 ta minorasi mavjud boʻlib, ularning balandligi 14,5 metrni tashkil etadi. Minoralar 2000-yilda masjid hisobidan qurilgan.
Masjidga 2021-yildan buyon Qobiljon Turdiyev imomlik qilib kelmoqda.
Manbalar