2020-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield McDonald's homiylik sabab) – tarixdagi 98-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. Joriy yilgi final bahsida 2020-2021-yilgi mavsum Premyer-liga chempioni „Liverpool“ hamda Angliya kubogi sohibi „Arsenal“ klublari toʻqnash keldi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durrang bilan yakunlangandan soʻng penaltilar seriysida London klubining qoʻli baland keldi. Bu ikki jamoaning turnir doirasidagi toʻrtinchi uchrashuvi boʻlib ulardan ikkitasida „Liverpool“ning (1979 va 1989-yil) qoʻli baland kelgan boʻlsa, 2002-yilgi final „Arsenal“ning foydasiga hal boʻlgan.

Uchrashuv BT Sport 1, BT Sport Extra 1 va BT Sport Ultimate telekanallarida jonli efirda namoyish etildi, keyinroq BBC One telekanalida kun oʻyini sifatida oʻyinning xavfli vaziyatlari taqdim etildi. Finalning radio sharhini Sam Matterface va Trevor Sinclairlar olib borishdi. Oʻyin 2020-yil 29-avgust kuni „Uembli“ stadionida yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtdi.

Tarixi „Arsenal“ finalda „Chelsea“ni 2:1 hisobida magʻlub etib, 14-bor Angliya kubogi chempionligini qoʻlga kiritdi.

„Liverpool“ esa 1992-yilda liga Angliya Premyer-ligasi nomini olganidan buyon ilk bora chempion boʻldi.

Tafsilotlar

GK 26 Emiliano MartínezCB 16 Rob HoldingCB 23 David LuizCB 3 Kieran Tierney RM 2 Héctor Bellerín CM 25 Mohamed ElnenyCM 34 Granit XhakaLM 15 Ainsley Maitland-NilesRW 7 Bukayo Saka CF 30 Eddie Nketiah LW 14 Pierre-Emerick Aubameyang (c)Substitutes:GK 1 Bernd LenoDF 4 William SalibaDF 17 Cédric Soares DF 31 Sead Kolašinac MF 28 Joe Willock MF 32 Emile Smith RoweMF 54 James OlayinkaFW 24 Reiss Nelson FW 47 Tyreece John-JulesMurabbiy: Mikel Arteta GK 1 AlissonRB 76 Neco Williams CB 12 Joe GomezCB 4 Virgil van DijkLB 26 Andrew RobertsonCM 7 James Milner (c) CM 3 FabinhoCM 5 Georginio Wijnaldum RW 11 Mohamed SalahCF 9 Roberto Firmino LW 10 Sadio ManеSubstitutes:GK 13 AdriánDF 21 Kostas TsimikasDF 89 Billy KoumetioMF 8 Naby Keïta MF 16 Marko GrujićMF 17 Curtis Jones MF 67 Harvey ElliottFW 18 Takumi Minamino FW 24 Rhian Brewster Murabbiy: Jürgen Klopp

Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: Ainsley Maitland-Niles (Arsenal)

Yordamchi hakamlar: Mark Scholes (Berks & Bucks) Marc Perry (Birmingham) Toʻrtinchi hakam: Andrew Madley (West Riding) Zaxira yordamchi hakam: Dan Robathan (Norfolk) Video assistent referi: David Coote (Nottinghamshire) Yordamchi Video assistent referi: Dan Cook (Hampshire)Oʻyin qoidalari 90 daqiqa Penaltilar seriyasi agar durrang qayd etilsa Toʻqqiz zaxira futbolchisi, oltitasi maydonga tushirilishi mumkin

Manbalar

Turkum:Arsenal F.C. oʻyinlari Turkum:Liverpool F.C. oʻyinlari Turkum:FA Community Shield Turkum:Wembley stadionida oʻtgan sport musobaqalari