Guli Asalxoʻjayeva—(1979-yil 24-may, Jalolobod, Qirgʻiziston) oʻzbek estradasi xonandasi.Guli Asalxoʻjaevaning qoʻshiqlari oʻzbeklar orasida keng tarqalgan.
Hayoti
Guli Asalxoʻjaeva 1971-yil 24-may kuni Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod shahrida tavallud topgan. Sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan. Guli Asalxoʻjayeva san’atkor, qoʻshiqchi va sozanda oilasida tugʻilgan, bu esa Gulining sanʼat sohasiga kirib kelishiga katta turtki boʻlgan. Guli maktabni tamomlaganidan soʻng Oʻzbekiston Davlat Sanʼat institutiga oʻqishga qabul qilingan, u yerni tamomlaganidan soʻng katta sanʼat va shou-biznesga qadam qoʻygan.
Oilasi Turmush oʻrtogʻi Ravshan Xoʻjayev ham sanʼatkor boʻlganligii uchun Gulini toʻgʻri tushunib unga yordam bergan. Guli Asalxoʻjayevaning ikki nafar oʻgʻli ham sanʼat sohasiga oʻz hissalarini qoʻshib bormoqdalar, ular Jahongir Xoʻjayev, Muhammad Javohir Xoʻjayev kabi sanatkorlar Guli Asalxoʻjayevaning oʻgʻillari hisoblanadilar .Jahongir Xo'jayev ,,Aktyor�M2� ko'rik tanlovida ishtiroq etib o'z muhlislarining etiborini qozongan. Oʻzbek sanat olamida mashhur boʻlgan Mavluda Asalxoʻjayevaning singlisihamdir. Ular birgalikda ijod qilishib, birgalikda konsertlar ham berganlar.
Ijodi Ijoddan charchamas xonanda xozirgi kungacha 6 dan ortiq albomlarini oʻz muhlislariga taqdim etgan. Guli Asalxoʻjayevani mashhur qilgan qoʻshiq „Ketma“ deb nomlangan. Guli Asalxoʻjayeva birinchi albomini „Goʻzalman“ deb nomlagan. „Goʻzalman“ albomi Xitoyning Urumchi shahrida, shuningdek ikki tilda yani uygʻur va oʻzbek tillarida ham internet tarmoqlaridan joy olgan, soʻngra keyingi „Alamo“, „Niyat“, „Bolajon“, „Adras“ va 2011-yilda yangi „Sevsang sevaman“ kabi albomlarini yaratgan. Guli Asalxoʻjayevaning 35 dan ortiq video kiliplari mavjud.
Qoʻshiqlari „Bormayman“ „Bolaginam bolasi“ „Atirgulim“ „Kelinlar“ „Duv-Duv“ „Aldading“ „Ayol“ „Kelma“ „Toy bolam“ „Gulixonman“ „Dam-Dam“
Albomlari „Goʻzalman“ „Alamo“ „Niyat“ „Bolajon“ „Adras“ „Sevsang sevaman“
Manbalar
Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Ayollar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar