Jesé Rodríguez Ruiz (1993-yil 26-fevralda tugʻilgan), Jesé nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi. Malayziya Superligasida ishtirok etadigan Johor DT jamoasi tarkibida qanot yarim himoyachisi yoki hujumchisi sifatida oʻynaydi.
Ispaniyaning eng mashhur jamoalaridan biri, „Real Madrid“ klubi akademiyasi bitiruvchisi Jesé 2011-yilda kattalar jamoasida debyut qilgan va klub uchun barcha musobaqalarda 94 oʻyin oʻtkazib va oʻn sakkizta gol urgan. 2014-yilgi mavsumda tizzasidan jiddiy jarohat olgan natijasida Madriddagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmagan. Madriddagi faoliyati davomida Jesé ikkita Chempionlar ligasi medalini qoʻlga kiritgan, shuningdek, La Liga, FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati va Qirol kubogida gʻolib chiqgan.
Jesé 2016-yilda Real Madrid jamoasini tark etib, Liga 1 turniri ishtirokchisi Paris Saint-Germain jamoasi €25 million yevro evaziga qoʻshilgan. Parij klubidagi dastlabki mavsumi odali oʻtmagan va natijada olti oydan soʻng Ispaniyaga qaytib, mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Las-Palmas“ klubiga oʻtgan. Keyinchalik Jesé 2017/2018-yilgi mavsumda Premyer-liganing „Stok Siti“ jamoasida, keyinroq esa 2018/2019-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida „Real Betis“ jamoalarida ijara asosida oʻynagan. 2019/2020-yilgi mavsumni Primeira Liga klubi Sporting CP jamoasi tarkibida ijara asosida oʻtkazgan. Jesé PSG jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach Las-Palmas jamoasi bilan doimiy shartnoma asosida klubga qaytgan.
Terma jamoalar miqiyosida Jesé Ispaniya uchun 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar darajasida 36 oʻyin oʻtkazib, umumiy hisobda oʻn oltita gol urgan. Jesé Ispaniya U19 jamoasi tarkibida 2012-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatida gʻolib chiqgan va turnirning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlangani uchun „Oltin butsa“ sovrinini qoʻlga kiritgan.
Jesé futbolchilikdan tashqari musiqachi boʻlib tanilgan va „Jey M“ tahallusiga aga. U ilgari 2014-yil mart oyida tashkil etilgan va oʻsha yilning oxirida tarqalib ketgan ikki kishilik reggaeton guruhining bir qismi boʻlgan.
Biografiyasi Kanar orollarining Las Palmas shahrida tugʻilgan Jese futboldan tashqari, musiqachi va yaqin doʻsti DJ Nuno bilan 2014-yil mart oyida Big Flow nomli ispan reggaeton guruhini tuzgan. Bu juftlik birgalikda YouTube'da ikkita qoʻshiq chiqardilar, birinchisi La Mano Arriba deb nomlangan. Oʻsha yilning noyabr oyida guruh tarqalib ketgan va Jesé 2015-yilda „Jey M.“ nomi ostida yakkaxon karerasini davom ettirishini eʼlon qilgan. 2018-yilda u „La Prueba“ – „Isbot“ nomli qoʻshigʻini chiqargan, undan tushgan daromadni tugʻma giperinsulinizm kabi kasalliklarni tadqiq qilish uchun xayriya qilmoqchi boʻlgan.
2020-yil dekabr oyida Jesé parijliklar bilan shartnomasini muddatidan oldin yakunlagan. Xabar qilinishicha, u Kanar orollariga sayohat paytida COVID-19 qoidalarini buzgan. Natijada bu voqealar PSJ bilan shartnomani bekor qilishga yordam bergan.
Futbolchilik faoliyati Jesé „Real Madrid“ jamoasining futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yil Real Madrid yoshlar tizimi bilan shartnoma imzolagan va shundan soʻng klubga qabul qilingan. Jesé klubning asosiy jamoasiga qadar yoshlar tizimining bir necha jamoalarida oʻynagan. 2011-yilning 16-yanvarida Real Madrid Castilla jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan.
Real Madrid safida ilk bor 2011-yil 12-dekabr kuni Ispaniya kubogi baxsida maydongga tushgan. Jesé vingerlik qobilyati va zahiradan maydonga tushib oʻyinni kuchaytirishi sababli, Madrid jamoasining oʻsha davrdagi Jose Mourinho uni asosiy jamoa tarkibiga jalb etgan.
Faoliyat statistikasi
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok etgan oʻyinlari va gollariKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarReal Madrid Castilla2010–11Segunda División B30————302011–12369———3239112012–13Segunda División3822————3822Jami7731———328033Real Madrid2011–12La Liga1010—0000202013–1418583—50003182014–1516331—30102342015–1628510—91—386Jami6313134—171109418Paris Saint-Germain2016–17Ligue 191001140001422018–190010000000102019–201000000000102020–212000—000020Jami12110114000182Las Palmas (ijara)2016–17La Liga16300———163Stoke City (ijara)2017–18Angliya Premyer-ligasi1310000——131Real Betis (ijara)2018–19La Liga14220—2000182Sporting CP (ijara)2019–20Primeira Liga12110202000171Las Palmas2020–21Segunda División16200——001622021–22411100——004111Jami571300——005713Ankaragücü2022–23Turkiya Superligasi14223———165Sampdoria2022–23Serie A111————111Umumiy faoliyat statistikasi28968197312111033977
Yutuqlar Real Madrid
La Liga: 2011–12 Qirol kubogi: 2013–14 UEFA Chempionlar Ligasi: 2013–14, 2015–16 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2014
Real Madrid Castilla
Ikkinchi divizion B: 2011–12
Paris Saint-Germain
Liga 1: 2019–20 Liga kubogi: 2016–17
Ispaniya U19
19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2012
Ispaniya U17
17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2010 yilgi ikkinchi oʻrin
Individual
17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2010 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: Oltin butsa 2012 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2012 Ikkinchi divizion: Zarra Trophy 2013 FIFA U-20 Jahon chempionati: Bronza butsa 2013
Izohlar
Manbalar
Havolalar
Spotify rasmiy profili
Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:UD Las Palmas futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:Stoke City F.C. futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:MKE Ankaragücü futbolchilari Turkum:UC Sampdoria futbolchilari Turkum:Coritiba Foot Ball Club futbolchilari Turkum:Johor Darul Ta'zim F.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar