"Temiryoʻlinfratuzilma" AJ – „Temiryoʻlinfratuzilma“ aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-329-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ Qaroriga muvofiq, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ boshqaruvi raisining 2023-yil 10-noyabrdagi 900-N-sonli buyrugʻi bilan tashkil etilgan.

Jamiyat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“gi Qonuniga muvofiq, Jamiyatning huquqiy holati Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti hisoblanadi. Jamiyat xalqaro va aralash yoʻnalishlarda yoʻlovchilar va yuklar tashishni tashkil etishda chet el temir yoʻl maʼmuriyatlari bilan munosabatlarda „Temiryoʻlinfratuzilma“ deb nomlangan yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi.

Jamiyat temir yoʻl infratuzilmasini yaxshilash va saqlash boʻyicha quyidagi xoʻjaliklar mavjud: Aloqa xoʻjaligi; Yoʻl xoʻjaligi; Elektr taʼminot xoʻjaligi; Lokomotiv xoʻjaligi.

Manbalar

Havolalar „Temiryoʻlinfratuzilma“ AJning rasmiy telegram kanali „Temiryoʻlinfratuzilma“ AJning rasmiy veb sayti „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJning rasmiy telegram kanali „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJning rasmiy veb sayti

Turkum:Oʻzbekistonda temir yoʻl transporti Turkum:Shirkatlar Turkum:Oʻzbekiston shirkatlari