Weathering with you () – Makoto Shinkaining CoMix Wave Films kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratgan animatsion filmi.

Anime filmi Yaponiyada 2019-yilning 19-iyul kuni ommaga taqdim qilingan. Asosiy rollarga Kotaro Daigo va Nana Mori ovoz bergan, shuningdek, film ustida Atsushi Tamura va Xiroshi Takiguchilar ham ish olib borgan. Film uchun RADWIMPS guruhi musiqa bastalagan. Premyerasidan bir kun oldin Yaponiyada film haqida hikoya qiluvchi Rossiya tomonidan litsenziyalashtirilgan komiks chiqarilganAnons romana „Ditya pogodi“ ot Istari komiks. Yaponiya hukumati Filmni „Eng yaxshi chet tilidagi film“ nominatsiyasida Oskar mukofotiga nomzod qilib koʻrsatishga harakat qilgan lekin urinishlar besamar boʻlgan.

Syujeti Oʻrta maktab oʻquvchisi boʻlgan Xodaka Morishima Yaponiyaning uzoq orolidan Tokio shahriga koʻchib oʻtadi va shaharda koʻplab qiyinchiliklarga duch keladi. Dastlab shaharda bir oʻzi yashaydi, keyinchalik gazetaga noodatiy hodisalar haqidagi xabarlarni chop qiluvchi agentlikka ishga joylashadi. Xodakaning poytaxtga kelgan kunidan boshlab Tokioda yomgʻir toʻxtamaydi. Shahar koʻchalariga ish bilan chiqqan Xodaka yoʻlida Xina Amano ismli qizni uchratib qoladi. Xina ukasi bilan qiyinchiliklar ichida yashayotgan qiz boʻladi. Qizning havodagi bulutlarni tarqatib yomgʻirni toʻxtatish qobiliyati boʻladi.

Qahramonlar

Fumi Tatibana () – Xodaka holidan xabar oladigan Keksa ayol.

Kotaro Daigo tomonidan ovozlashtirilgan.

Xina Amano () – ob-havoni boshqara olish qobiliyatiga ega, faqat ukasi bilan yashovchi ammo doimo hayotidan mamnun qiz.

Nana Mori tomonidan ovozlashtirilgan.

Keysuke Suga () – Xodakani qutqarib qolgan va keyinchalik uni ishga olgan yozuvchi.

Shun Oguri tomonidan ovozlashtirilgan.

Natsumi Suga ()– Xodaka va Keysuke bilan bir kompaniyada ishlovchi qiz.

Tsubasa Honda tomonidan ovozlashtirilgan.

Ayane () – Nagining dugonasi.

Chieko Baisho tomonidan ovozlashtirilgan.

Nagi Amano () – Xinaning ukasi.

Sakura Kiryu tomonidan ovozlashtirilgan.

Yasui() – militsiya xodimi.

Sei Hiraizumi tomonidan ovozlashtirilgan.

Takai () – yosh militsiya xodimi.

Yuki Kaji tomonidan ovozlashtirilgan.

Kana () – Nagining dugonasi.

Ayane Sakura tomonidan ovozlashtirilgan.

Mitsuxa Miyamitsu () – estaliklar doʻkonida sotuvchi va Makoto Shinkaining „Sening isming“ animatsion filmida bosh qahramon.

Kana Hanazawa tomonidan ovozlashtirilgan.

Taki Tatibana () – Fumining nevarasi Makoto Shinkaining „Sening isming“ animatsion filmida bosh qahramon.

Kamiki Ryunosuke tomonidan ovozlashtirilgan.

Musiqa Film musiqasi Shinkai oʻzining avvalgi „Sening isming“ animatsion filmida hamkorlikda ishlagan RADWIMPS guruhi tomonidan bastalangan. Guruh 26 ta instrumental trek, beshta tematik qoʻshiq yozgan. Qoʻshiqlarning baʼzilari aktrisa Mira Toko bilan birga yozilgan.

Ijodkorlar

Makoto Shinkai – muallif, rejissyor va ssenariy muallifi. Qahramonlar dizayni: Masayoshi Tanaka . Dizayner: Atsushi Tamura . Badiiy rahbar: Xiroshi Takiguchi . Ishlab chiqaruvchi: CoMix Wave Films .

Filmga tayyorgarlik jarayonlari 2018-yil 2-avgust kuni Makoto Shinkai 2019-yil 19-iyulda premyerasi boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan yangi badiiy film ustida ishlash bilan band ekanligini maʼlum qilgan.

Film bosh qahramonlari rolini ovozlashtirish uchun 2000 dan ortiq inson saralashda ishtirok etgan va ular orasidan Kotaro Daigo hamda Nana Morigalar tanlab olingan. Shinkaining avvalgi " Sening isming " filmiga ovoz bergan Taki, Mitsuha va Yotsuxa joriy filmda oʻz qahramonlariga yana ovoz berishgan. 2019-yilning 29-mayida yordamchi aktyorlar tarkibi eʼlon qilingan. Tarkib Shun Oguri (Keisuke Suga), Tsubasa Xonda (Natsumi Suga), Chieko Baisho (Fumi Tachibana), Sakura Kiryu (Nagi Amano), Sei Xirayzumi (Yasui) va Yuki Kaji (Takai)lardan tashkil topgan.

Ovoz berish jarayonlari Daigo (Hodaka Morishima) va Mori (Xina Amano) 2019-yil 27-aprelidan boshlab oʻz qahramonlariga ovoz bera boshlagan.

Film syujeti Shinjukuning asosiy qismi (Tokioning 23 ta tumanidan birida) aholisi zich va serqatnov boʻlgan – Kabuki-cho qizil chiroqlar kvartalida boʻlib oʻtgan. Film yaratish uchun ijodkorlar Shinjukuga shaxsan tashrif buyurib atrofni sinchkovlik bilan oʻrganishgan va filmdagi barcha saxnalarni hayotiy qilib tasvirlashgan.

Kassasi thumb| „Weathering with you“ filmining asl logotipi Film 2018-yil 13-dekabrda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida rasman eʼlon qilingan. Filmning Birinchi tizeri 10-aprelda filmning Yaponiyadagi premyerasidan roppa-rosa 100 kun oldin internet tarmoqlarida paydo boʻlgan. Treyler 28-mayda chiqarilgan. 14-iyun kuni Ansi shahridagi (Fransiya) Xalqaro animatsion filmlar festivalida prodyuser Genki Kavamura tomonidan „Weathering with you“ filmi talabalar va soha mutaxassislariga taqdim qilingan. Shuningdek, film Yaponiyada taqdim qilinishidan oldin Uniqlo kompaniyasi tomonidan Makoto Shinkaining „Weathering with you“ va boshqa animatsion filmlaridan ilhomlangan holda filmlar tasvirlari tushirilgan maxsus futbolkalari sotuvga chiqarilgan. Bundan tashqari koʻpgina boshqa kompaniyalar ham filmdan ilhomlanib uning tasvirlari tushirilgan maxsulotlar chiqarishgan.

Treyler rus tilida 29-avgust kuni internet tarmogʻiga joylangan.

Film yaralishi Yaponiyadan tashqari, Weathering with you filmi Indoneziya, Vyetnam , Malayziya va Singapur davlatlarida taqdim qilingan. Film Filippinda Pioneer Films tomonidan 28-avgustda ommaga taqdim qilingan. Prodyuser Genki Kavamuraning soʻzlariga koʻra, filmni Hindistonda namoyish qilishlarini soʻrab petitsiyaga 53 ming kishi imzo chekkan. 10-avgust kuni rasmiy Twitter sahifasida „Weathering with you“ filmi Hindistonning 20 ta shahrida, jumladan Mumbay va Dehlida namoyish etilishini eʼlon qilingan. PVR Pictures va Vkaao filmni boshqa davlatlarga yetqazib berish bilan shugʻullangan. Weathering with you Hindistonda teatrlashtirilgan birinchi yapon animatsion filmi boʻlgan.

Film Janubiy Koreya , Tailand va Xitoy davlatlarida ham namoyish etilgan. GKIDS filmni Shimoliy Amerikada namoyish etish huquqini qoʻlga kiritgan. Yevropada film premerasi 12-oktyabr kuni Scotland Loves Animation film festivalida boʻlib oʻtgan. Anime Limited kompaniyasi filmni Buyuk Britaniya va Irlandiyaga yetkazib berishni oʻz zimmasiga olgan. 14-oktabrda film Italiyada, 29-noyabr esa Ispaniyada namoyish etilgan. Yangi Zelandiya va Avstraliyada „Weathering with you“ filmi namoyishi 22-avgustdan boshlangan.

Sentyabr oyida film Toronto xalqaro kinofestivalida, 25-oktabrda esa Moskvaning „Oktyabr“ kinoteatrida Buyuk multfilmlar festivali doirasida namoyish etilgan.

Taqdimot Dastlab film Yaponiyada 359 ta kinoteatrning 448 ta ekranida namoyish etilgan va umumiy 1 159 020 ta chipta sotilgan. Film premyerasining dastlabki uch kunida 1 643 809 400 iyen (taxminan 15,22 million dollar) ishlab topgan, bu esa Shinkaining avvalgi „Sening isming“ filmi xuddi shu vaqt ichida yigʻilgan kassasidan 28,6 foizga koʻp boʻlgan .

25-avgust holatiga koʻra jami 8 millionta chipta sotilgan va bu tahminan 10,73 milliard iyen (101 million dollar)ni tashkil qilgan. Weathering with you filmi Yaponiyada chiqarilgan eng kassabob filmlar orasida 9-oʻrinni egallagan.

Film kassasi Rotten Tomatoes saytida Weathering with you filmi tanqidchilar tomonidan 100% ijobiy baholangan. Forbes jurnalisti Filmni aql bovar qilmaydigan darajada deb aytgan va ijodkorlar Tokioni naqadar betakror tarzda tasvirlaganini eʼtirof etgan. IndieWire Tokioni bu darajada jonli va joʻshqin holatda koʻrmaganini taʼkidlagan. Japan Times nashrining taʼkidlashicha, Weathering with you filmida Shinkai hatto oʻzini ortda qoldira olgan.

Nashr qilinishi

30-aprel kuni Shinkai Twitterda „Weathering with you“ romanini tugatganini eʼlon qilgan. Roman bosma va elektron formatlarda Kadokawa Sneaker Bunko tomonidan 2019-yil 18-iyulda nashr qilingan. 25-iyul kuni Kodanshaning Monthly Afternoon jurnali Watari Kubota tomonidan chizilgan manganing birinchi sonini nashr qilgan. Shu bilan birga Manganing birinchi sahifasi rangli boʻlishi eʼlon qilingan.

Manbalar

Turkum:4DX-filmlar Turkum:IMAX filmlari