thumb|Endorfinning kimyoviy tuzilishi right|thumb|Endorfinlarni eng koʻp jismoniy faollik va jismoniy mashqlar chiqaradi. right|thumb|Kakao kukuni inson tanasida endorfin ishlab chiqarishga eng koʻp yordam beradi. Endorfinlar (endogen morfindan olingan) – miyada ishlab chiqariladigan peptidlar boʻlib, ogʻriq sezgisini kamaytiradi va yaxshi kayfiyatni oshiradi. Ular miyaning gipofiz bezida ishlab chiqariladi va saqlanadi. Endorfinlar koʻpincha jismoniy mashqlar yoki jinsiy zoʻriqish paytida miya va buyrak usti bezida ishlab chiqariladigan endogen ogʻriq qoldiruvchi vositalar boʻlib, ogʻriqni, mushaklar tortishishini kamaytiradi va stressdan xalos qiladi. Tarixi Miyadagi opioid peptidlar birinchi marta 1973-yilda Aberdin universiteti tadqiqotchilari John Hughes va Hans Kosterlitz tomonidan kashf etilgan. Ular choʻchqa miyasidan Met-enkefalin va Leu-enkefalin deb nomlanuvchi „enkefalinlar“ (yunoncha ) ni ajratib olishgan. Bu morfin va boshqa opioidlarning ogʻriq qoldiruvchi taʼsirini yuzaga keltirish uchun taklif qilingan retseptorning kashf etilishidan keyin sodir boʻlgan. Kashfiyot Kosterlitz va Hughesning endogen opioid ligandlarini aniqlashga turtki boʻlgan. Bu davrdagi tadqiqotlar morfinga xos boʻlgan addiktiv (giyohvandlik) xususiyatlarga ega boʻlmagan ogʻriq qoldiruvchi vositani topishga qaratilgan edi. Rabi Simantov va Solomon X. Snyder buzoq miyasidan morfinga oʻxshash peptidlarni ajratib olgan. Opioid retseptorlarini mustaqil ravishda kashf etgan Eric J. Simon keyinchalik bu peptidlarni endorfinlar deb atagan. Bu atama mohiyatan morfinga oʻxshash taʼsirga ega boʻlgan har qanday peptidga tegishli edi. 1976-yilda Choh Hao Li va David Chung opioid faolligi uchun tuya gipofiz bezidan ajratilgan α-, β- va γ-endorfinlarning ketma-ketligini qayd etdilar. Li β-endorfin kuchli ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega ekanligi aniqlandi. 1977-yilda Wilhelm Feldberg va Derek George Smyth buni tasdiqlab, β-endorfin morfinga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqladilar. Shuningdek, uning taʼsiri opioid antagonisti boʻlgan nalokson bilan qaytarilgani tasdiqlandi. Keyingi tadqiqotlar enkefalinlar, endorfinlar va organizmda tabiiy ravishda hosil boʻladigan morfin oʻrtasidagi farqni aniqladi. Bunda morfin peptid hisoblanmasligi maʼlum boʻldi. Opioid peptidlar ularning prekursor propeptidiga asoslanib tasniflanadi: barcha endorfinlar proopiomelanokortindan (POMK) hosil boʻladi, bu prekursor proenkefalin A tomonidan hamda predinorfin tomonidan sintezlanadi.
Etimologiyasi Endorfin soʻzi / yunoncha: éndon „ichida“ degan maʼnoni anglatadi (endogenous, ἐνδογενής / yunoncha: endogenes, „ichkaridan kelib chiqqan“) va morfin, Morpheus (yunoncha: Morpheus), yunon mifologiyasidagi tushlar xudosi maʼnosini bildiradi. Endorfin ’endo (genous) (mo) rfinʼ (morfinning eski imlosi) qisqarishidir.
Turlari Endorfinlar sinfi uchta opioid peptiddan iborat: α-endorfin, β-endorfinva γ-endorfin. Endorfinlarning barchasi prekursor oqsilidan, proopiomelanokortindan sintezlanadi va ularning barchasi N-terminalida Met-enkefalin motivini oʻz ichiga oladi: Tyr-Gly-Gly-Phe-Met. α-endorfin va γ-endorfin Thr(16)-Leu(17) qoldiqlari va Leu(17)-Phe(18) oʻrtasida β-endorfinning proteolitik boʻlinishi natijasida hosil boʻladi. α-endorfin eng qisqa, β-endorfin esa eng uzun koʻrsatkichga ega. α-endorfin va γ-endorfin asosan oldingi va oraliq gipofiz bezida joylashgan. β-endorfin oʻzining opioid faolligi boʻyicha oʻrganilgan boʻlsa-da, α-endorfin va γ-endorfin opiat retseptorlariga moyil emas, shuning uchun tanaga β-endorfin kabi taʼsir qilmaydi. Baʼzi tadqiqotlarda α-endorfin faolligi psixostimulyatorlarga va γ-endorfin faolligi nevroleptiklarga oʻxshash deb tavsiflangan. IsmKetma-ketlikMalumotα-endorfinTyr-Gly-Gly-Phe-Met-Thr-Ser-Glu-Lys-Ser-Gln-Thr-Pro-Leu-Val-Thr-OHβ-endorfinTyr-Gly-Gly-Phe-Met-Thr-Ser-Glu-Lys-Ser-Gln-Thr-Pro-Leu-Val-Thr-Leu-Phe-Lys-Asn-Ala-Ile-Ile-Lys-Asn-Ala-Tyr-Lys-Lys-Gly-Gluγ-endorfinTyr-Gly-Gly-Phe-Met-Thr-Ser-Glu-Lys-Ser-Gln-Thr-Pro-Leu-Val-Thr-Leu-OH Sintezlanishi Endorfin prekursorlari asosan gipofiz bezida ishlab chiqariladi. Endorfinlarning har uchala turi ham proopiomelankortin (POMC) prekursor oqsilining fragmentlaridir. Trans-Golji tarmogʻida POMC membrana bilan bogʻlangan oqsil, karboksipeptidaza E (CPE) bilan bogʻlanadi. Sutemizuvchilarda pro-peptid konvertaz 1 (PC1) POMC ni adrenokortikotropin (ACTH) va beta-lipotropin (β-LPH) ga ajratadi. Opiat faolligi kam boʻlgan β-LFG gipofiz gormoni keyinchalik doimiy ravishda turli peptidlarga, jumladan, α-endorfin, β-endorfin va γ-endorfinlarga parchalanadi. α-endorfin va γ-endorfinning shakllanishi β-endorfinning proteolitik parchalanishidan kelib chiqadi.
Tartibga solish Noradrenalin yalligʻlanish toʻqimalarda endorfinlar ishlab chiqarilishini oshiradi, buning natijasida ogʻriq qoldiruvchi taʼsir paydo boʻladi. Simpatik nerv sistemasining elektro-akupunktura bilan stimulyatsiyasi uning ogʻriq qoldiruvchi taʼsiriga sabab boʻlishi mumkin. Harakat mexanizmi Endorfinlar odatda ogʻriqlarga javoban gipofiz bezidan chiqariladi va markaziy asab tizimida (CNS) va periferik asab tizimida (PNS) taʼsir qilishi mumkin. PNSda β-endorfin gipofiz bezidan ajralib chiqadigan asosiy endorfindir. Endorfinlar periferik nervlarning μ-retseptorlariga bogʻlanish orqali ogʻriq signallarining uzatilishini toʻxtatadi, bu esa ularning P moddasi deb ataluvchi neyrotransmitterni ajralib chiqishini oldini oladi. Markaziy asab tizimidagi mexanizm ham oʻxshash, ammo u boshqa neyrotransmitter – gamma-aminomoy kislotasi (GABA) ni toʻxtatish orqali hosil boʻladi. Oʻz navbatida, GABA ingibirlanishi dofamin ishlab chiqarilishi va ajralib chiqishini oshiradi.
Manbalar
Turkum:Xavotir Turkum:Motivatsiya Turkum:Psixologik stress