Soumaya Akaaboune ( 1974-yil 16-fevralda tug‘ilgan) Marokash akrtrisasi. Tarjimai holi Akaaboune Marokashning Tanjer shahrida tug‘ilib o‘sgan. Onasi stilist va liboslar dizayneri, otasi esa san’at ishqibozi. Akaaboune bolalik uyini rassomlar va yordamga muhtojlar uchun boshpana sifatida ta’riflagan. 14 yoshida Akaaboune xoreograf Maurice Béjart tomonidan e’tiboriga tushdi va u Akaabouneni o‘zining raqs truppasiga qo‘shilishga taklif qildi. Akaaboune kuniga sakkiz soat mashq qildi, bu davr uning hayotidagi eng baxtli davr edi. Akaaboune Yevropa bo‘ylab gastrollarda bo‘lib Parijda, keyin Ispaniya va Londonda raqqosalik qildi. Londonda bo‘lganida teatrga e’tiborini qaratdi va bir nechta musiqiy filmlarda ishtirok etdi. Akkaboun 1989-yilda raqs karerasini yakunladi. Londonda Akaaboune Sandra Bernhard bilan uchrashdi, Sandra Akkabounni o‘zining „Up All Night“ shousiga va keyinchalik Brodveydagi „I am Still Here...Damn It“ shousiga chiqish qilishga taklif qildi.

Akaaboune Loft studiyasida aktyorlik bilan shug‘ullangan. 2010-yilda „Yashil zona filmida“ Mett Deymon bilan rol o‘ynadi. Akaaboune 2012-yilda „Omon qolish uchun o‘ynash“ romantik komediyasida va 2013-yilda „Sevgi“ filmida rol o‘ynagan. Akkauboune 2013-yilda " Les Vraies Housewives " fransuz shousida suratga tushgan beshta uy bekalaridan biri edi. 2015 va 2016-yillar oralig‘ida Akaaboune rejissyor Yassine Ferhanne tomonidan suratga olingan mashhur „Wadii“ serialida Fettouma rolini ijro etgan. Uning qahramoni adolatsizlikni qabul qilishni rad etadigan burjua ayol bo‘lib, seriyaning har bir qismi 7 million marta ko‘rilgan. 2019-yilda "The Spy" teleserialida Marsel rolini ijro etgan.

Akaaboune 1999-yilda kino prodyuseri Piter Rodjer bilan uchrashgan. Keyinchalik Akaaboune Piter bilan turmush qurib va Jazz ismli o‘g‘il ko‘rishgan. Akaaboune 2014-yilgi Isla Vista qotilliklarini sodir etgan Elliot Rodjerning o‘gay onasi edi. Elliot Rodjer bilan Akaaboune o‘rtasida keskin munosabatlar mavjud bo‘lib, Elliot Rodjer Akaabouneni ham o‘ldirishni rejalashtirgan edi. 2014-yil oxirida Akaaboune Marokashga qaytib keldi. Akaaboune fransuz, arab, ingliz va ispan tilida gaplashadi.

Filmografiyasi Filmi 1987-yil: Dernier été à Tanger 1999-yil: Moroccan Chronicles 1999-yil: Esther 2010-yil: When the Voices Fade (short film): Leila 2010-yil: Green Zone: Sanaa 2012-yil: Playing for Keeps: Aracelli 2013-yil: Lovelace 2013-yil: Djinn 2017-yil: Catch the Wind: Madame Saïni 2017-yil: Looking for Oum Kulthum

Teleseriallari 2013-yil: Les Vraies Housewives 2015–2016-yil: Waadi: Fettouma 2017–2018-yil: Rdat L'walida: Faty Kenani 2019-yil: EZZAIMA 2019-yil: The Spy: Marcelle 2020-yil: Bab Al Bahar: Zineb

Manbalar

Turkum:XX asr aktrisalari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Marokash aktrisalari