Toʻlagan Qosimbek (1931.15.1, Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1986).

„Yilqichi oʻgʻli“ (1956), „Tugʻilgan yer“ (1958) kitoblari, „Odam boʻlgim keladi“ (1960) qissalari bilan tanilgan.

„Singan qilich“ (1966) romani mashhur. Asarda qirgʻiz xalqining 19-asr oʻrtalaridagi hayoti tasvirlangan. Qoʻqon xonligi davriga oid tarixiy voqealar, Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan zabt etilishi, uning oʻzbeklar va qirgʻizlar taqdiriga taʼsiri epik planda koʻrsatilgan.

„Kelkel“ („Toleʼ“, 1986) romani — „Singan qilich“ning mantiqiy davomi boʻlib, unda 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 1-choragidagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti Toʻqtagʻul, Qurbonjon dodxoh kabi tarixiy shaxslar taqdiri orqali ochib berilgan.

Manbalar Singan qilich, T., 1980. https://www.bbc.com/kyrgyz/articles/c35e791zyd2o

Turkum:Qirgʻizistonlik yozuvchilar Turkum:Sovet yozuvchilari