Setora (2005—2008 va 2016—2017-yillarda SeTanho deb atalgan, shuningdek, Se*Tanho, SeʼTanho, Se★Tanho, Setora Tanho nomlari ostida ham faoliyat olib borgan) – 1998-yil 1-martda sinfdoshlar Komila Xoʻjayeva, Laylo Galiyeva va Feruza Latipovalar tomonidan tashkil etilgan oʻzbek estrada guruhi boʻlib, oʻzbek, rus, tojik va fors tillarida ijod qiladi.
Guruhning „Sen borsan“, „Ohim“, „Ajdodlar ruhi“, „Eshitmaydi“, „Xayr maktabim“, „Oʻzbegim“ kabi qoʻshiqlari oʻz davrining eng ommabop xitlariga aylangan. Guruhning mashhurligida Ruslan Sharipov, Tohir Sodiqov, Shaxnoz, Tolib Kuliev, Vagif Zokirov va Vitaliy Zlatarev kabi kompozitorlarning hissasi katta. Ularning ijodi guruhning tanilishida muhim oʻrin tutgan. Guruh uchun Dima Korobkin, Alex Studio, Bahodir Yo‘ldoshev, DJ Piligrim kabi taniqli rejissyorlar kliplar suratga olishgan.
2005-yilda guruh tashkil etilganidan beri hamkorlik qilib kelayotgan Tarona records leybli bilan shartnomani bekor qilgan va oʻz nomini SeTanhoga oʻzgartirgan. Guruh oʻzining yangi nomi ostida „Number 1“ albomini chiqargan, bir nechta kliplar ham suratga olgan, ammo bir ozdan soʻng tarqalib ketgan. Guruhning tarqalishiga Layloning oʻzini yakkaxon qoʻshiqchi sifatida sinab koʻrish istagi sabab boʻlgan, bu esa dugonalari tomonidan ogʻir qabul qilingan. Shunday boʻlsa-da, SeTanho guruhi (Feruza va Kamila) yana uch yil (2005-2008) oʻz faoliyatini davom ettirgan va „Ne boʻlsa ham“ kabi qoʻshiqlar chiqarishda davom etgan.
2016-yilda guruh sahnaga qaytish niyati borligini eʼlon qilgan, biroq Feruzaning AQSHga koʻchib oʻtganidan soʻng, tarkibda faqatgina Kamila va Laylo qolgan edi. 2018-yildan boshlab esa ular yana Setora nomi ostida ijod qila boshladi.
Sahnaga qaytish Guruh 2024-yilda jiddiy ijodga qaytdi. Ular 25 yil avval kuylangan "Bitta o'zim" nomli qo'shig'i uchun sahroda klip suratga olishdi. 2024-yilning dekabr oyida esa Xalqlar do'stligi saroyida 5 seansli 3 kunlik konsert qo'yishdi.
Videografiyasi Videokliplari Yil Klip Rejissyor Albom Qaysi nom ostida 2000-yil „Sen borsan“ Dmitriy Korobkin „Sen borsan“ „Setora“ „Vafodoring“ Bahodir Yoʻdoshev „Setora“ „Yolgʻizlik“ „Setora“ „Yonma“ „Ohim“ „Setora“ „Ohim“ „Setora“ „Yoʻq demagin“ „Setora“2001-yil „Eto jizn“ „Eto jizn“ „Setora“ „Ti poteryal“ „Setora“ „Ti daleko“ „Setora“ „Noviy god“ „Setora“ „Xayr, maktabim“ (Ravshan Sobirov bilan)Bahodir Yoʻdoshev"Setora" „Qora, qora“ „Qora“ „Setora“ „Ajdodlar ruhi“ Bahodir Yoʻldoshev „Setora“ „Oʻzbegim“ „Setora“ „Bibixonim“ „Ayirmagin“ „Setora“ „Ayirmagin“ „Setora“ „Ne boʻlar“ „Setora“ 2003-yil „Kel“ „Xayr Endi“ „Setora“ „Xayr endi“ „Setora“ 2004-yil „Hayotim“ „Hayotim“ „Setora“ 2005-yil „Bilaman“ „Jon Jon“ „Setora“ 2005-yil „Jon—jon“ Ice TIM (Temur Qodirov) „Setora“ 2006-yil „Hayolan“ „Setora“ 2007-yil"Yoshlik" (Botir Komilov bilan) „Number 1“ „SeTanho“ „Yasmin“ „SeTanho“ „Samarqand“ Singl „SeTanho“ 2008-yil „Ne boʻlsa ham“ Singl „SeTanho“ „Rahmani“ Singl „SeTanho“ 2007-yil „Qora koʻzlaring“ Singl „SeTanho“ 2017-yil „Rahmonim“ Singl „SeTanho“ 2018-yil „Fara Fira“ Javlon Turdixoʻjayev Singl „SeTanho“
Filmi Yil Film Rejissyor 2006-yil „Sen meni sevasanmi?“ Sohib Abbosxon
Mukofotlari Yil Mukofot Nominatsiya Nominant Natija 2000-yil Tarona Yilning eng yaxshi zamonaviy estrada guruhi „Setora“ Tarona Yil qoʻshigʻi „Sen borsan“ qoʻshigʻi Nihol mukofoti Estrada qoʻshiqchisi „Setora“ 2001-yil Tarona Eng yaxshi musiqiy albom „Qora“ albomi 2002-yil Tarona Eng yaxshi musiqiy albom „Ayirmagin“ albomi 2002-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni Maʼnaviyat va madaniyatni yuksaltirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, estrada musiqasi sohasidagi ijodi bilan el-yurt oʻrtasida orttirgan obroʻ-eʼtibori uchun Feruza Latipova 2004-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni Maʼnaviyat va madaniyatni yuksaltirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, estrada musiqasi sohasidagi ijodi bilan el-yurt oʻrtasida orttirgan obroʻ-eʼtibori uchun Komila Xoʻjayeva, Laylo Galiyeva 2006-yil Tarona Yilning eng yaxshi zamonaviy estrada guruhi „Setora“ 2007-yil Tarona Yilning eng yaxshi guruhi „Setora“ Sado „Setora“ Zamin „Setora“ Navo „Setora“
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbek musiqiy guruhlari Turkum:1998-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar