Vera Nikolaevna Markova (1907-1995) – rus sovet shoiri va tarjimoni, filolog, yapon mumtoz adabiyoti tadqiqotchisiMARKOVA Vera Nikolaevna statya v Ensiklopedii „Yaponiya ot A do Ya“ na slovari.yandex.ru.

Biografiyasi Vera Markova 1907-yil 18-fevral (4-mart) kuni Minskda temir yoʻl muhandisi oilasiga tugʻilgan. 1931-yilda Leningrad universitetining sharqshunoslik fakultetining yapon boʻlimini tamomlagan. Ulugʻ Vatan urushidan keyin Moskvaga koʻchib oʻtdi. 1950-yillarda tarjimonlik faoliyatini boshlagan. 1995-yil 8-martdan 9-martga oʻtar tunda vafot etgan. Golovinskiy qabristoniga dafn etilgan.

Oilasi Turmush oʻrtogʻi Leonid Yevgenevich Feynberg rassom, shoir va yozuvchi boʻlgan. Nabirasi – Sergey Olegovich Prokofev shoir, Butunjahon Antroposofiya Jamiyati boshqaruvi aʼzosi.

Ijodi T. Grigorevaning xotiralariga koʻra, Markova she’riyatining asosiy ohangi abadiy, tugʻilmagan, biroq doimo mavjud boʻlgan, deyarli jismoniy his qilinadigan bola edi. Bu obraz she’rlarida muntazam ravishda aks etib turar edi.

Tarjima faoliyati Markova tarjimalarining asosiy qismi Yaponiya adabiyoti bilan bogʻliq. U sovet yaponshunosligida yapon she’riy miniatyuralarining (xokku, tanka, vakka va boshqalar) oʻziga xos taqlidlarini yaratdi. Bu aforistik verlibr shaklidagi she’rlar boʻlib, ular oq she’rlar hisoblanadi.

Sovet ziyolilari orasida oʻrta asr yapon she’riyati juda katta shuhrat qozongan edi. Markovaning oʻrta asr yapon she’riyatidan qilgan tarjimalari „markovkalar“ deb atala boshlandi (Aleksandr Meshcheryakov). Yaponiya hukumati Markovaning Rossiyada yapon madaniyatini ommalashtirish boʻyicha ishini yuqori baholadi va uni 1993-yilda Muqaddas xazina ordeni bilan taqdirladi.

Vera Yapon shoirlaridan tashqari, amerikalik shoira Emili Dikinson (1830-1886) she’rlarini ham tarjima qilgan. Markovaning tarjimalari 1981-yilda alohida kitob shaklida nashr etildi va shu tariqa Dikinsonning rus tilidagi birinchi kitobiga aylandi.

Manbalar

Turkum:1907-yilda tugʻilganlar Turkum:18-fevralda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar