Arva as-Sulayhiy (), () 1067-yildan 1138-yildagi vafotigacha, avvaliga ikki eri bilan, soʻngra yakka oʻzi Yamanda uzoq vaqt hukmronlik qilgan. U Sulayhiylar sulolasi hukmdorlarining oxirgisi boʻlib, shialikning ismoiliy boʻlimida Hujja degan nufuzli unvonga sazovor boʻlgan birinchi ayoldir. Ismoiliy taʼlimotida, u oʻz hayoti davomida Xudo irodasiga koʻra hukmronlik qilganlarning tirik timsoli sifatida tariflanadi. U xalq orasida As-Sayyidah Al-Hurra (), Al-Malikah Al-Hurra () yoki Al-Hurratul-Malika () va Malikat Sabaʾ Aṣ-Ṣaghīrah () nomlari bilan tanilgan.
Ayol hukmdor sifatida Arva tarixda deyarli beqiyos oʻringa ega: garchi xalqaro musulmon olamida koʻplab ayol hukmdorlar boʻlgan boʻlsa-da, Arva va Asma bint Shihob musulmon arab dunyosidagi oʻz nomi bilan masjidlarda xutba oʻqitgan kamsonli ayol hukmdorlardan edi. Xutba musulmon olamida hukmdor maqomining oliy eʼtirofi hisoblanib, bu holat ularning nufuzini yana ham oshirgan. U bir nechta masjidlarga asos solgan, ularning orasida eng mashhuri Qirolicha Arva masjididir.
Arva musulmon dunyosidagi hukmronlik qilgan birinchi malika edi. U oʻzining hujja unvoni tufayli, oʻz huquqida ham siyosiy, ham diniy hokimiyatni qoʻlga olgan yagona musulmon ayol hisoblanadi.
Uning siyosiy faoliyatini asosan toʻrt bosqichga boʻlish mumkin. Birinchi bosqich 1065-yilda al-Mukarram Ahmad bilan turmush qurganidan, to 1074-yilda qaynonasi Asmo vafot etgunga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrda uning siyosiy hokimiyatdagi oʻrni haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas. Ikkinchi bosqich, Asmo vafotidan soʻng boshlanadi. Ahmad 1086-yilda, oʻz vafotiga qadar barcha hokimiyat vakolatlarini Arvaga topshira boshlaydi. Uchinchi bosqichda, Ahmadning oʻlimidan keyin, Arva oʻgʻli Abd al-Mustansirning malika onasi sifatida hokimiyatni qoʻlga oladi. Shuningdek, al-Mustansir unga Sabaʼ as-Sulahiy bilan nikohdan oʻtishni buyuradi (garchi bu nikoh hech qachon toʻliq boʻlmagan boʻlsa-da). Shundan soʻng, Arva amalda hokimiyatni boshqarsa-da, rasman turmush oʻrtogʻi nomidan faoliyat yuritadi. Nihoyat, toʻrtinchi bosqich 1097 yoki 1098-yillarda Sabaʼ vafotidan keyin boshlanadi. Bu davrda Arvaga hech qanday erkak rasman mas’ul boʻlmagan holda, yolgʻiz malika sifatida mustaqil hukmronlik qiladi.
Manbalar
Adabiyotlar Sayyida Hurra. „The Ismāʿīlī Sulayhid Queen of Yemen by Farhad Daftary“; Gavin R. G. Hambly tomonidan tahrirlangan Women in the Medieval Islamic World (O‘rta asrlar islom dunyosidagi ayollar) kitobida keltirilgan
Turkum:Yaman hukmdorlari Turkum:Arab malikalari Turkum:Sulayhiylar sulolasi Turkum:1040-yilda tugʻilganlar Turkum:1138-yilda vafot etganlar Turkum:Yaman ismoiliylari Turkum:Toyyibiy ismoiliylik Turkum:XI asr regentlari Turkum:11-asrda Yaman Turkum:12-asrda Yaman Turkum:11-asr ismoiliylari Turkum:12-asr ismoiliylari Turkum:11-asrda Yaman aholisi Turkum:12-asrda Yaman aholisi Turkum:Osiyoda hukmronlik qilgan malikalar