Aʼzam Abdullayev (toʻliq ismi: Abdullayev Aʼzam Abdushukurovich; 1983-yil 5-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Axborot texnologiyalari va Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis. 2023-yildan Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat inspeksiyasining boshligʻi.

Biografiyasi Aʼzam Abdullayev 1983-yil 5-oktyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2001—2005-yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetini, 2005—2007-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahri Shayxontoxur tumani 6-foydalanish tarmogʻi 2-darajali sozlovchisi sifatida boshlagan.

2006—2008-yillarda „UZINFOCOM“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi „ZiyoNET“ Axborot resurs markazi tarmoq sektori 1-toifali mutaxassisi.

2008—2009-yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, Standartlashtirish tayanch tashkiloti normativ hujjatlar maʼlumot-axborot fondini yuritish sektori yetakchi muhandisi.

2009—2012-yillarda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati 1-toifali mutaxassisi.

2012—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Axborot xavfsizligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi.

2015—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xavfsizligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi.

2016—2018-yillarda vazirlikning Elektron hukumatni joriy qilish va davlat xizmatlarini rivojlantirish bosh boshqarmasi Elektron hukumat loyihalarining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2018—2019-yillarda „Toshyoʻlovchitransxizmat“ Unitar korxonasi direktori.

2019—2022-yillarda „Tashshahartransxizmat“ Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining Axborot texnologiyalari va mahalliylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

2022—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi, 2023-yildan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlanganhttps://www.gazeta.uz/ru/2022/04/27/uzkomnazorat/Gazeta.uz sayti, 2022-yil 27-apreldagi „Uzkomnazorat vozglavil Aʼzam Abdullaev“ nomli xabarihttps://t.me/huquqiyaxborot/11587, Hukumatning 216-son qarori, 2022-yil 27-aprel, Lex.uz.

Oilasi

Oilali, 1 nafar qiz, 3 nafar oʻgʻil farzandi bor.

Manbalar