Razmiyan () – Eronning Qazvin viloyatidagi Rudbar-e Alamut-e Gʻarbiy tumanida joylashgan shahar va uning markazi.

Demografiyasi Razmiyan xalqi tatlardan iborat. Ular asosan tati tilida gaplashadilar.

2006-yilgi Milliy aholini roʻyxatga olish vaqtida shahar aholi 284 xonadonda yashovchi 965 kishidan iboratligi qayd etilgan. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 305 xonadonda 1164 kishi yashashi aniqlangan. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish davomida shahar aholisini 405 xonadonda yashovchi 1253 kishidan tashkil topgani maʼlum boʻlgan.

Lambsar qal’asi Lambsar qal’asi Erondagi ismoiliylarning (assasinlar) eng katta va eng mustahkam, shuningdek yengib boʻlmas qal’alaridan biri boʻlgan. U Razmiyan shahridan taxminan 5 km uzoqlikda joylashgan. Izohlar

Manbalar

Turkum:Qazvin ustoni shaharlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda