Uch dara toʻgʻoni () yoki Uch dara GES – Xitoyning Xubey provinsiyasi hududidan oʻtuvchi Yanszi daryosida qurilgan gravitatsion gidroenergetik toʻgʻon. Yichang shahridagi Yiling tumanida Sandouping yaqinidagi Uch dara hududida joylashgan. Oʻrnatilgan quvvati 22 500 MVt boʻlgan inshoot dunyodagi eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi, yiliga oʻrtacha 95±20 teravatt-soat (boshqa manbaga koʻra, yillik oʻrtacha 105 mlrd kVt⋅soat) elektr energiya ishlab chiqaradi. Inshoot 2020-yilda 103,1 milliard kilovatt-soat, oʻsha yildagi musson yomgʻirlaridan keyin bir yilda deyarli 112 TVt⋅soat elektr ishlab chiqarib, 2016-yilda Janubiy Amerikadagi Itaipu GES oʻrnatgan 103 TVt⋅soat rekordini yangiladi.

Inshootning asosiy qismi 2006-yilda qurib bitkazilgan boʻlib, 2012-yilda toʻliq ishga tushirilgan, oʻsha yili stansiyaning yer ostidagi oxirgi asosiy gidravlik turbinalari elektr ishlab chiqarishni boshlagan. Loyihaning oxirgi asosiy elementi – kema lifti – 2016-yilda qurib bitkazilgan.

Oʻrnatish vaqtida ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan asosiy gidravlik turbinalarning har birining quvvati 700 MVtdan. Uch dara GESning umumiy elektr ishlab chiqarish quvvati 22 500 MVtni tashkil etadi. Bu energiya toʻgʻonning 32 ta asosiy turbinasi hamda stansiyaning oʻzini elektr bilan taʼminlaydigan ikkita kichik generator (har biri 50 MVt) tomonidan ishlab chiqariladi. GES oʻz faoliyati davomida minimal darajada issiqxona gazlarini chiqaradi.

Toʻgʻon Yanszi daryosining transport imkoniyatlarini oshiradi va daryoning quyi oqimidagi ilgari millionlab odamning hayotiga zomin boʻlgan suv toshqinlari ehtimolini kamaytiradi. Shu sababli Xitoy hukumati loyihani ulkan ijtimoiy va iqtisodiy muvaffaqiyat deb hisoblaydi.

Biroq loyiha ham Xitoyda, ham xalqaro miqyosda turli bahslarga sabab boʻlgan. Toʻgʻon qurilishi natijasida 31 milliondan ortiq odam oʻz uyini tark etishga majbur boʻlgan, qadimiy va madaniy ahamiyatga ega joylar suv ostida qolgan. Loyihaning faoliyat yuritishi davomida ekologik oʻzgarishlar, shu jumladan, yer koʻchkilarining xavfi ortgan.

Tarixi

Sun Yat-sen 1919-yil „Xitoyning xalqaro rivojlanishi“ () asarida Yanszi daryosida qurilajak ulkan toʻgʻonni tasvirlagan. Xitoylik arbob Uch daraning quyi oqimida 30 million ot kuchi (22 GVt) generatsiya qilish quvvatiga ega toʻgʻon qurish mumkinligini yozgan. 1932-yil Chan Kayshi boshchiligidagi millatchi hukumat Uch dara hududida dastlabki loyihalar ustida ish boshlaydi. 1939-yilda Ikkinchi xitoy-yapon urushi davrida Yaponiya harbiylari Yichangni ishgʻol qilib, hududni tadqiq qildi.

1944-yilda AQSh Melioratsiya byurosining bosh loyiha muhandisi hududni oʻrgandi va „Yanszi daryosi loyihasi“ uchun toʻgʻon taklifini ishlab chiqdi. Taxminan 54 nafar xitoylik muhandis AQShga oʻqishga yuborildi. Dastlabki rejada toʻgʻon orqali kemalarni oʻtkazish uchun oʻziga xos usul qoʻllanishi, xususan, kemalar toʻgʻonning quyi va yuqori qismlaridagi shlyuzlarga kirib, kranlar yordamida bir shlyuzdan boshqasiga koʻtarilishi moʻljallangan. Kemalar guruh boʻlib koʻtarilishi orqali samaradorlik oshirilishi maqsad qilinadi. Bunday yechimning taklif qilinishi sababi nomaʼlum: balki suvni tejash rejalashtirilgan yoki muhandislar daryoning yuqori va quyi qismlaridagi balandlik farqi boshqa usullardan foydalanish uchun juda kattalik qiladi deb hisoblagan. Xitoy fuqarolik urushida millatchilarning ahvoli yomonlashishi ortidan hech qanday qurilish ishlari amalga oshirilmagan .

1949-yilgi Kommunistik inqilobdan keyin Mao Szedun loyihani qoʻllab-quvvatlaydi, biroq dastlab yaqin atrofdagi Gezhouba GES loyihasidan boshlaydi. Katta sakrash va Madaniy inqilob kabi iqtisodiy muammolar Uch dara loyihasini sekinlashtiradi. 1954-yilgi Yanszi toshqinidan keyin 1956-yil Mao Yanszi daryosidagi toʻgʻonga boʻlgan qiziqishini ifodalovchi „Suzish“ () sheʼrini yozdi. Yuz gul kampaniyasidan keyin 1958-yilda loyiha haqida salbiy fikr bildigan ayrim muhandislar qamoqqa olindi.

Islohotlar va ochiqlikning dastlabki davridagi Xitoyning toʻrtta modernizatsiyaga eʼtibori paytida Kommunistik partiya toʻgʻon rejalarini tikladi va 1986-yilda qurilishni boshlashni taklif qildi. Gidroenergetika sohasini rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi.

Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi taklif etilayotgan toʻgʻonga qarshilik markaziga aylandi. Kengash Ekspertlar panellarini chaqirib, loyihaning qurilish ishlari kechiktirilishini tavsiya qildi.

1992-yil Butunxitoy xalq vakillari kengashi GES qurilishini tasdiqladi. Parlamentdagi 2633 nafar vakildan 1767 nafari loyihani yoqlab ovoz berdi, 177 nafari qarshi chiqdi, 664 nafari betaraf qoldi, 25 nafar vakil ovoz bermadi. Bu esa ushbu qonun loyihasining odatdagidan pastroq – 67,75% maʼqullanishiga olib keldi. Qurilish 1994-yil 14-dekabrda boshlandi. Toʻgʻon 2009-yilda toʻliq ishga tushishi kutilgan edi, lekin qoʻshimcha loyihalar, xususan, yer osti elektr stansiyasiga qoʻshimcha oltita generator qurilishi ishni 2012-yilgacha kechiktirdi. Kema lifti barpo etilishi 2015-yilda yakunlandi. Toʻgʻon hosil qilgan suv omboridagi suv sathi 2008-yilda dengiz sathidan balandlikka koʻtarildi va 2010-yilda belgilangan maksimal balandlikka yetdi.

Ishlatilgan qurilish materiallari va oʻlchami

Toʻgʻon beton va poʻlatdan qurilgan boʻlib, uzunligi , eng yuqori nuqtasi dengiz sathidan balandlikda joylashgan. Loyihada beton (asosan toʻgʻon devori uchun), 463 ming tonna poʻlat (63 ta Eyfel minorasi hajmida) ishlatilgan, tuproq koʻchirilgan. Beton devor balandligi tosh poydevordan hisoblaganda ni tashkil etadi.

Suv sathi oʻrtacha dengiz sathidan balandlikda va daryoning quyi oqimidan balandda boʻlganida, toʻgʻon hosil qilgan suv omborining uzunligi , kengligi ga yetadi. Suv omborining sigʻimi , umumiy maydoni esa ni tashkil qiladi. Qurilish yakunlangandan keyin ombor maydonni suv ostida qoldirdi. Ushbu suv ombor Itapu toʻgʻoni yaratgan lik suv omboridan kichikroqdir.

Iqtisodiy jihati Xitoy hukumati Uch dara GES loyihasini 180 milliard yuan (22,5 mlrd AQSh dollari) deb baholagan. 2008-yil yakunigacha xarajat 148,365 milliard yuanga yetdi, shundan 64,613 milliard yuan qurilishga, 68,557 milliard yuan koʻchirilgan aholiga hamda 15,195 milliard yuan moliyalashtirishga sarflangan. 2009-yilda qurilish xarajatlarini toʻliq qoplash uchun GES 1 000 teravatt-soat (3 600 PJ) elektr energiyasi generatsiya qilishi, bu orqali 250 milliard yuan daromad keltirishi moʻljallangan. Natijada loyihaning umumiy xarajatlari GES toʻliq ishga tushgandan oʻn yil oʻtgach qoplanadi. Amalda Uch dara GESning yalpi xarajati 2013-yil 20-dekabrda toʻliq qoplandi.

Loyihaning moliyalashtirish manbalariga Uch dara GES qurilish jamgʻarmasi, Gezhouba GESning olgan foydasi, Xitoy taraqqiyot banki krediti, mahalliy va xorijiy tijorat banklaridan jalb qilingan kredit mablagʻlari, korporativ obligatsiyalar hamda loyihadan tushgan daromadlar kiradi. Bundan tashqari Uch dara GESdan elektr oladigan har bir provinsiya 1 MVt⋅soat uchun qoʻshimcha ¥7,00 dan, boshqa provinsiyalar esa ¥4,00 dan toʻlov toʻlashi talab etilgan. Qoʻshimcha toʻlov Tibet muxtor rayoniga tadbiq etilmagan.

Energiya ishlab chiqarishi va taqsimlashi

Elektr energiyasini ishlab chiqarish China Yangtze Power kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya Davlat mulkini nazorat qilish va boshqarish qoʻmitasi tomonidan boshqariladigan China Three Gorges Corporationning shoʻba korxonasi hisoblanadi. Quvvati boʻyicha Uch dara GES dunyodagi eng katta gidroelektrik stansiya boʻlib, u 34 ta generatorni oʻz ichiga oladi: har biri 700 MVt quvvatga ega 32 asosiy generator, va har biri 50 MVt quvvatga ega ikkita stansiya generatori. Ushbu generatorlarning jamlanma quvvati 22 500 MVtni tashkil qiladi. 32 ta asosiy generatorning 14 tasi toʻgʻonning shimoliy tomoniga, 12 tasi janubiy tomoniga, qolgan 6 tasi toʻgʻonning janubida joylashgan togʻ ichidagi yer osti elektr stansiyasiga oʻrnatilgan. 2018-yilda yillik elektr ishlab chiqarish hajmi 101,6 TVt⋅soatni tashkil etdi, bu Hoover GESdan 20 baravar koʻp.

Generatorlari Asosiy generatorlarning har biri 6 000 tonna ogʻirlikda va 700 MVtdan ortiq quvvat ishlab chiqarishga moʻljallangan. Generatorlarning gidravlik bosimi ni tashkil etadi. Suv oqimining tezligi mavjud bosimga qarab 600–950 m³/sek gacha oʻzgaradi: bosim qanchalik katta boʻlsa, toʻliq quvvatga erishish uchun shuncha kam suv talab etadi. Uch dara GESda radial-oʻqli turbinalar oʻrnatilgan. Turbina diametri 9,7/10,4 m (VGS turbinasi / Alstom turbinasi) va aylanish tezligi minutiga 75 martani tashkil qiladi. 50 Gs chastotada ishlash uchun generator rotorlarida 80 ta qutb mavjud. Nomimal quvvati 778 MV-A, toʻliq quvvati 840 MV-Ani tashkil qiladi, kuch koeffitsienti 0,9 ga teng. Generator elektr energiyasini 20 kV kuchlanishda ishlab chiqaradi, keyinchalik bu kuchlanish 500 kV ga oshirilib, 50 Gs chastotada uzatiladi. Kattaligi boʻyicha dunyoda yagona boʻlgan statorining balandligi 3,1/3 metrni tashkil qiladi, statorning tashqi diametri 21,4/20,9 metr, ichki diametri esa 18,5/18,8 metrni tashkil etadi. Podshipnikning yuklanish ogʻirligi 5 050/5 500 tonnaga teng. Oʻrtacha samaradorlik 94% dan yuqori boʻlib, maksimal samaradorlik 96,5% ga yetadi.

Generatorlar ikkita konsorsium tomonidan ishlab chiqarilgan. Birinchisi Alstom, ABB, Kvaerner va Xitoyning Harbin Motor kompaniyasi. Ikkinchisi esa Voith, General Electric, Siemens (qisqacha VGS) hamda Xitoyning Oriental Motor kompaniyasi. Shartnoma bilan birgalikda texnologiyalar transferi boʻyicha bitim imzolangan. Aksar generatorlar suv bilan sovutiladi. Yangiroqlari havo orqali sovutiladi, bu esa generatorlar loyihalashtirishni soddalashtirib, ishlab chiqarish va texnik xizmat koʻrsatishni osonlashtiradi.

Generatorlarning oʻrnatilishi Shimoliy tomondagi asosiy generatorlarning birinchisi (2-raqamli) 2003-yil 10-iyulda oʻrnatildi. 2005-yil 7-sentyabrda 9-raqamli generatorning elektr ishlab chiqarishni boshlashi bilan shimoliy tomon toʻliq faoliyatini boshladi. Suv sathi 156 metrga yetishi bilan 2006-yil 18-oktyabrda toʻliq quvvatga (9 800 MVt) erishdi.

Janubiy tomonda 22-raqamli generator 2007-yil 11-iyunda, 15-raqamli generator 2008-yil 30-oktyabrda elektr ishlab chiqarishni boshladi. Oltinchi generator (17-raqamli) 2007-yil 18-dekabrda ishga tushirildi va GESning mavjud quvvati 14,1 GVtga yetdi, natijada quvvati boʻyicha Itapu GESni (14,0 GVt) ortda qoldirib, dunyoning eng yirik gidroelektr stansiyasiga aylandi.

Asosiy generatorlarning eng soʻnggisi (27-raqamli) 2012-yil 23-mayda yakuniy sinovini tugatgandan soʻng, yer ostidagi oltita asosiy generator ishlay boshladi va umumiy quvvatni 22,5 GVtga oshirdi. Toʻqqiz yillik qurilish, oʻrnatish va sinovdan soʻng, elektr stansiyasi 2012-yil iyulida toʻliq ishga tushdi.

Ishlab chiqarishning asosiy koʻrsatkichlari + Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarilishi Yillar Oʻrnatilgan generatorlar soni TVt⋅soat 2003 6 8.607 2004 11 39.155 2005 14 49.090 2006 14 49.250 2007 21 61.600 2008 26 80.812 2009 26 79.470 2010 26 84.370 2011 29 78.290 2012 3298.100 2013 3283.270 2014 3298.800 2015 3287.000 2016 3293.500 2017 3297.600 201832101.600 2019 3296.880 2020 32111.800 2021 32103.649 2022 3278.790 2023 3280.271

2011-yil 16-avgust holatiga koʻra, elektr stansiyasi 500 TVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqargan. 2008-yil iyul oyida stansiya 10,3 TVt⋅soat elektr ishlab chiqardi, natijada oylik generatsiya hajmi 10 TVt⋅soatdan oshgan birinchi oy iyul boʻldi. 2009-yil 30-iyun kuni daryo oqim tezligi 24 000 m3/s dan oshgach, oʻsha vaqtda mavjud 28 ta generator yoqilgan boʻlsa-da, elektr ishlab chiqarish bor-yoʻgʻi 16 100 MVtni tashkil etdi, chunki suv sathi oʻsha davrgi sharoitda toʻliq quvvat uchun yetarli emas edi. 2009-yil avgustdagi suv toshqini vaqtida esa stansiya qisqa vaqt davomida maksimal quvvatga yetdi.