„Dank“ ordeni ( – Shuhrat) – Qirgʻiziston Respublikasining davlat mukofoti. 1996-yil 16-aprelda „Qirgʻiziston Respublikasining davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida“gi qonun bilan taʼsis etilgan. Orden fuqarolarga davlat xizmati, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, ijodiy, ijtimoiy va xayriya faoliyatidagi muhim yutuqlari uchun beriladi. Taqdim etilishi Orden ilk marta 1996-yil 4-fevral kuni topshirilgan. Ilk ordenni Sotsialistik mehnat qahramoni Jumaqodir Moʻydunov qabul qilib olgan. 2024-yil holatiga koʻra 1397 kishi „Dank“ ordeni bilan taqdirlangan. Manbalar

Turkum:Mukofotlar Turkum:Dank ordeni bilan mukofotlanganlar