Al-Dahhak ibn Qays al-Fihriy () (684-yilning avgust oyida vafot etgan) – Umaviylar xalifaligi generali, xavfsizlik kuchlari rahbari. Xalifalar Muoviya I, Yazid I va Muoviya II hukmronligi davrida Damashq hokimi boʻlib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davomida Umaviylarga sodiq boʻlgan, biroq xalifalarning vafotidan soʻng taxtga daʼvogar shaxs Abdulloh ibn az-Zubayrning tarafiga oʻtib ketgan.

Hayoti Dahhok ibn Qays al-Fihriy Qurayshning Fihr qabilasi boshligʻi boʻlgan. U Banu Muharib ibn Fihr qabilasidan edi. Al-Dahhok Suriyaning musulmon hokimi Muoviya ibn Abu Sufyonning eng birinchi tarafdorlaridan boʻlib, unga sohib ash-shurta (xavfsizlik kuchlari yoki tanlangan qoʻshinlar boshligʻi) boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik, Muoviya uni Jund Damashqqa (Damashq harbiy okrugi) hokim etib tayinlagan. 656-yilda al-Dahhok xalifa Alining tarafdori Malik al-Ashtarni Harron va Raqqa oʻrtasidagi tekislikda magʻlub etib, uni Mosulga chekinishga majbur qilgan. Muoviya va Ali oʻrtasida boʻlib oʻtgan Siffin jangida Dahhok Suriya piyoda qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Soʻngra xalifa Alining tarafdorlariga qarshi kurashish maqsadida Hijozga yuborilgan, ammo uning 3000 kishilik qoʻshinini Hujr ibn Adiy al-Kindiy tomonidan qarshilikka uchragan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Damashqdagi Umaviylar hokimlari Turkum:684-yilda vafot etganlar Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:Quraysh Turkum:Kufadagi Umaviylar hokimlari