Indira Gandi xalqaro aeroporti ()  – Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahri hamda Milliy poytaxt mintaqasiga () xizmat koʻrsatuvchi asosiy xalqaro aeroport. maydonniAbout IGI Airport from the Wayback Machine egallagan aeroport Dehlining Palam hududida, Nyu-Dehli temir yoʻl vokzalidan janubi-gʻarbda, Nyu-Dehli shahar markazidan masofada joylashgan.

Hindistonning sobiq Bosh vaziri Indira Gandi (1917–1984) sharafiga nomlangan aeroport 2009-yildan beri yoʻlovchilar oqimi boʻyicha Hindistonning eng gavjum aeroporti hisoblanadi. Yuk tashish hajmi boʻyicha ham mamlakatning eng yirik aeroportidir. 2023—2024-moliya yilida aeroport 7,36 kror (73,6 million) yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan va bu aeroport tarixidagi rekord koʻrsatkichdir. Buyuk Britaniyaning OAG aviakonsalting kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil holatida aeroport dunyoning 10-eng gavjum aeroportidir. 36 lakh (3,6 million) oʻrindiqqa ega aeroport oʻrindiqlar sigʻimi boʻyicha dunyoning ikkinchi yirik aeroportidir va 2023-yilda 6,55 kror (65,5 million) yoʻlovchi tashigan holda Osiyoning eng gavjum aeroportiga aylandi. Xalqaro aeroportlar kengashi reytinglarida muntazam dunyoning eng gavjum aeroportlari qatorida tilga olinadi.

Aeroport boshqaruvi Hindiston aeroportlar boshqarmasiga oʻtishidan oldin Hindiston Harbiy-havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgan. 2006-yil mayda aeroport boshqaruvi GMR Group yetakchiligidagi Delhi International Airport Limited (DIAL) konsorsiumiga topshirildi. 2008-yil sentyabrda aeroportning lik uchish-qoʻnish yoʻlagi ochildi. 2010-yil 3-terminalning ish boshlashi bilan aeroport Hindiston va Janubiy Osiyoning eng yirik aviahabiga aylandi. 3-terminal binosi yiliga 3,4 kror (34 million) yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega va qurib bitkazilgandan keyin dunyoning sakkizinchi eng yirik terminaliga aylandi. 2023-yil iyulda aeroportning lik uchish-qoʻnish yoʻlagi va ikkita parallel taksi yoʻlagi boʻlgan lik Sharqiy kesishuv taksi yoʻlagi () ochildi. Aeroportda uchish va qoʻnishlarni oʻz vaqtida va oldindan prognoz qilish mumkin boʻlishiga yordam berish uchun Airport Collaborative Decision Maing (A-CDM) deb nomlangan ilgʻor tizimdan foydalaniladi.

Milliy poytaxt mintaqasiga xizmat koʻrsatuvchi yana bir aeroporti Hindon aeroporti boʻlib, u nisbatan kichikroq va asosan UDAN sxemasi boʻyicha shahar tashqarisidagi mintaqaviy reyslarga xizmat koʻrsatadi. Hozirda foydalanilmayotgan Safdarjung aeroporti esa uchish-qoʻnish yoʻlagining qisqaligi tufayli VVIP vertolyotlari va kichik charter vertolyotlariga xizmat koʻrsatadi. Ortib borayotgan transport oqimi talablarini qondirish uchun hozirda yangi Noida xalqaro aeroporti qurilmoqda.

Tarixi

Palam aeroportining soatlik maksimal oʻtkazish qobilyati 1 300 yoʻlovchini tashkil qilgan. 1979—1980-yilda Palam aeroporti orqali 30 lakh (3 million) mahalliy va xalqaro yoʻlovchilar uchgan. 1970—1980-yillarda aviaqatnovning ortishi tufayli hududi Palamning eski terminalidan deyarli toʻrt barobar katta boʻlgan qoʻshimcha terminal qurildi. 1986-yil 2-mayda ushbu yangi xalqaro terminal – 2-terminal ochilishi bilan aeroport Indira Gandi xalqaro aeroporti deb qayta nomlandi.

Eski mahalliy aeroport (Palam) 1-terminal sifatida tanilgan va 1A, 1B va 1C deb atalgan alohida binolarga boʻlingan. Ilgari 1A va 1B bloklar xalqaro parvozlar, 1C blok esa mahalliy parvozlarga xizmat koʻrsatgan. 1A va 1B bloklar keyinchalik mahalliy aviakompaniyalar uchun maxsus terminalga aylantirilgan va hozirda yopilgan. Yangi terminallar qurilgach, ular buzilishi rejalashtirilgan. 1C bloki ham mahalliy qoʻnish terminaliga aylantirilgan va qayta qurilib, 2022-yil 24-fevralda ochilgan. Yangi qurilgan mahalliy uchib ketish bloki (1D) hozirda barcha mahalliy lou-kosterlarga (IndiGo va SpiceJet) xizmat koʻrsatadi. VIP yoʻlovchilar uchun alohida texnik hudud ham bor. Mahalliy qoʻnish 1C terminali buzib tashlandi va yangi mahalliy qoʻnish terminali sifatida qayta qurildi. Ushbu kengaytirish ishlari uchun GoAir va IndiGoning tanlangan reyslari 2-terminalga, SpiceJet va IndiGoning tanlangan reyslari 3-terminalga koʻchirildi.

2001-yil oktyabrda Canada 3000 aviakompaniyasi Torontoga parvozni yoʻlga qoʻydi. Bu Hindiston va Shimoliy Amerika oʻrtasidagi birinchi toʻxtovsiz reys edi. Sovuq urushdan keyin Rossiyaning havo hududini ochish haqidagi qarori aviakompaniyaga Arktika ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri parvoz qilish orqali vaqtni tejash imkonini berdi. Garchi 11-sentyabr hujumlari havo qatnovining global pasayishiga olib kelgan boʻlsa ham, Canada 3000 ushbu reys oʻzining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi deb umid qilgan. Shunga qaramay, aviakompaniya bir oydan keyin yopildi.

Hindiston aviatsiya sanoatining sezilarli oʻsishi yoʻlovchi tashish hajmining koʻpayishiga olib keldi. 1-terminalning sigʻimi yiliga 71,5 lakh (7,15 million) yoʻlovchini tashkil etadi. 2005—2006-yilda real yoʻlovchi oʻtkazish sigʻimi 1,04 krorga (10,4 million) yetdi. Oʻsha paytda yopilgan xalqaro terminalni (2-terminal) hisobga olgan holda, aeroportning umumiy sigʻimi yiliga 1,25 krorni (12,5 million) tashkil etgan boʻlsa-da, 2006/07-yilda 1,65 kror (16,5 million) yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. 2008-yil aeroportdagi yoʻlovchilarning umumiy soni 2,4 krorga (23,97 million) yetdi. Mavjud terminallardagi gavjumlikni yumshatish va 2010-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida yirikroq 3-terminal qurildi va 2010-yil 3-iyulda foydalanishga topshirildi. Yangi terminal 37 oyda qurildi va aeroportning umumiy yoʻlovchi sigʻimini 34 millionga yetkazdi.

1- va 2-terminallar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan uchta mahalliy lou-koster aviakompaniyadan tashqari boshqa barcha aviakompaniyalar parvozlarni 3-terminaldan amalga oshiradi. 2022-yil iyunda Dehli xalqaro aeroporti Hindistonda toʻliq gidroenergetika va quyosh energiyasidan foydalanadigan birinchi aeroportga aylandi.

Egaligi 2006-yil 31-yanvarda aviatsiya vaziri Praful Patel vakolatli Vazirlar guruhi Dehli aeroportining boshqaruv huquqlarini DIAL konsorsiumiga va Mumbay aeroportini GVK guruhiga sotishga kelishib olganligini eʼlon qildi. 2006-yil 2-mayda Dehli va Mumbay aeroportlari boshqaruvi xususiy konsorsiumlarga topshirildi. Delhi International Airport Limited (DIAL) GMR Group (54% (hozirda 64%)), Fraport (10%) va Malaysia Airports (10% (hozirda ulush yoʻq)) kompaniyalari konsorsiumidir, Hindiston aeroportlar boshqarmasi 26% ulushini saqlab qolgan.

Toʻqqiz yildan keyin, 2015-yil may oyida Malaysia Airports DIAL konsorsiumidan chiqdi va oʻzidagi 10% ulushni asosiy aksiyador GMR Infraga $79 millionga sotdi. Shundan keyin GMR Groupning DIALdagi ulushi 64% ga yetdi. Avvalroq GMR Fraportdagi 10% ulushni sotib olishga qiziqish bildirgan.

Infratuzilmasi Uchish-qoʻnish yoʻlaklari

+Uchish-qoʻnish yoʻlaklariUchish-qoʻnish yoʻlagi raqamiUzunligiKengligiYaqinlashish chiroqlari /ILS11R/29LCAT III-B / CAT II11L/29RCAT III-B / CAT II10/28CAT I / CAT III-B09/27CAT I / CAT I

Dehli aeroportining toʻrtta deyarli parallel uchish-qoʻnish yoʻlagi bor: 11R/29L uchish-qoʻnish yoʻlagi, , 11L/29R uchish-qoʻnish yoʻlagi, , 10/28 uchish-qoʻnish yoʻlagi, va 09/27 uchish-qoʻnish yoʻlagi, . 09/27 uchish-qoʻnish yoʻlagi aeroportning birinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi hisoblanadi, britaniyaliklar uzunligi 2 816 metr, kengligi 60 metr boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagini mustaqillikdan oldingi davrda qurgan va 2-jahon urushida foydalangan. 2017-yil holatiga koʻra, Lakhnaudagi Chaudhari Charan Singh xalqaro aeroporti va Jaypurdagi Jaypur aeroportidan tashqari Dehli aeroporti Hindistondagi CAT III-B ILS tizimi bilan jihozlangan oz sonli aeroportlardan biridir. 2005-yil qishida tuman/smog tufayli Dehli aeroportida rekord darajadagi uzilishlar kuzatildi. Oʻshandan beri baʼzi mahalliy aviakompaniyalar oʻz uchuvchilarini kamida koʻrish masofasida CAT-II sharoitida ishlashga trening qildirdi. 2006-yil 31-martda IGI 28-uchish-qoʻnish yoʻlagiga qoʻngan SpiceJet samolyoti va bir vaqtning oʻzida 27-uchish-qoʻnish yoʻlagidan havoga koʻtarilgan Jet Airways samolyoti ishtirokidagi sinovdan soʻng bir vaqtning oʻzida ikkita uchish-qoʻnish yoʻlagini boshqargan birinchi Hindiston aeroporti boʻldi.

Terminallari

IGI aeroporti Air India, Alliance Air, IndiGo va SpiceJet kabi bir qator hind aviatashuvchilari uchun yirik aviahab yoki ikkilamchi havo yoʻli tuguni boʻlib xizmat qiladi. Taxminan 80 ta aviakompaniya ushbu aeroportdan uchadi. Hozirda uchta faol yoʻlovchi terminali va yuk terminali mavjud.

2021-yil DIAL aeroportning barcha uchta terminalida yoʻlovchilar uchun elektron oʻtish yoʻlagini joriy qildi, uning yordamida barcha bort darvozalarida bortga chiqish kartasi skanerlari oʻrnatilgan kontanktsiz elektron shlyuzlar paydo boʻldi . 3-terminal xalqaro va mahalliy reyslar uchun foydalaniladigan integratsiyalashgan terminaldir. Bu terminaldan Air India, IndiGo va SpiceJet kabi mahalliy aviakompaniyalar xalqaro qatnovlarni amalga oshiradi. 3-terminalning mahalliy qatnovlar qismi Air India, Air India Express va SpiceJet hamda IndiGoning tanlangan parvozlarida foydalaniladi. IndiGoning bir qator mahalliy reyslari 2-terminaldan uchadi.

Hozirda faoliyat yuritayotgan terminallar 1-terminal 1-terminal SpiceJet va IndiGo kabi mahalliy lou-kosterlar tomonidan qoʻllaniladi. 2022-yilda 1D terminali uchib kelish zali bilan toʻliq kengaytirildi, uning maqsadi yillik yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish hajmini avvalgi 1,8 krordan (18 million) 4 krorga (40 million) oshirish hisoblandi.

2-terminal 2-terminal 1986-yil 1-mayda ochildi. Uning qurilishiga ₹95 kror mablagʻ sarflandi va 2010-yil iyulgacha xalqaro parvozlar uchun foydalanildi. Shundan keyin bu terminal yiliga faqatgina 3 oy Haj mavsumida ishlatildi. 2017-yil 2-terminal ₹100 kror bilan yangilangandan keyin DIAL 1-terminalni kengaytirish ishlarini davom ettirish uchun GoAirning barcha reyslarini va IndiGoning tanlangan reyslarini 2-terminalga koʻchirdi.

3-terminal

3-terminal AQShning HOK kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan va Buyuk Britaniyaning Mott MacDonald shirkati konsalting kompaniyasi sifatida yollangan. Terminal ikki qavatli bino boʻlib, maydoni 54 lakh (5,4 million) kvadrat fut (taxminan 502 000 kv. m.) va dunyoning 15-eng yirik terminali hisoblanadi. Terminalning pastki qavati uchib kelish hududi, yuqori qavati esa uchib ketish hududi sanaladi. Ushbu terminalda 168 ta roʻyxatdan oʻtish punkti, 48 ta kontakt stendidagi 78 ta teletrap, 54 ta avtoturargoh, 95 ta immigratsiya punkti, 18 ta rentgen tekshiruv joyi, kutish vaqtlarini qisqartirish, boj olinmaydigan savo doʻkonlari va boshqa inshootlar bor. Xalqaro reyslar 1—26-darvozalardan (bunda 2, 4, 6-darvozalar avtobus darvozalari), mahalliy reyslar 27—62-darvozalardan (bunda 42, 44-darvozalar avtobus darvozalari) uchadi. Ushbu yangi terminal Dehlida boʻlib oʻtgan 2010-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida yakunlanishi uchun moʻljallangan boʻlib, Dehli bilan sakkiz qatorli Dehli-Gurgaon ekspress yoʻli va Dehli metropoliteniga Aeroport ekspress yoʻnalishi (Apelsinrang yoʻl) orqali bogʻlangan. Terminal rasman 2010-yil 3-iyulda ochilgan. Barcha xalqaro aviakompaniyalar 2010-yil iyul oyining oxirida, toʻliq xizmat koʻrsatuvchi mahalliy aviakompaniyalar oʻsha yilning noyabr oyida yangi terminalga koʻchirilgan. Uchib kelish hududi 14 ta yuk karuseli bilan jihozlangan. 3-terminalda Hindistonning birinchi avtomatlashtirilgan toʻxtash joyini boshqarish va yoʻl-yoʻriq koʻrsatish tizimi mavjud boʻlib, u yetti qavatdan iborat va 4300 ta mashinani sigʻdira oladi. 3-terminal aeroportni kengaytirishning birinchi bosqichini tashkil etadi, u shartli ravishda qoʻshimcha yoʻlovchi va yuk terminallarini qurishni oʻz ichiga oladi (4-, 5- va 6-terminallar).

Mahalliy toʻliq xizmat koʻrsatuvchi aviakompaniya – Air India 3-terminaldan ishlaydi. Air India Express, garchi lou-koster aviakompaniya boʻlsa ham, mahalliy reyslarni ushbu terminaldan amalga oshiradi. SpiceJet va IndiGo aviakompaniyalarining baʼzi reyslari 1-terminalni kengaytirish uchun vaqtincha 3-terminalga koʻchirilgan.