Said Abdul Husayn Husamuddin bin Said Toyyib Zaynuddin Dovudi Bohraning 48-Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat olib borgan. U hijriy 1239/milodiy 1823-yilda Ashuro kuni (Muharram oyining 10-sanasi) kuni tugʻilgan va hijriy 1308/milodiy 1891-yil Zulhijja oyining 27-sanasida Hindistonning Ahmadobod shahrida vafot etgan.

U mazkur diniy lavozimga ukasi 47-daʼi Said Abdulqodir Najmuddindan keyin oʻtirgan. Said Husamuddin hijriy 1302/ milodiy 1885-yilda Daʼi al-Mutlaq boʻlgan. Uning Daʼvat davri hijriy 1302–1308/milodiy 1885–1891-yillar oraligʻida boʻlgan. Said Abdul Husayn Husamuddin Said Muhammad Burhonuddinni (49-daʼi) oʻzining vorisi etib tayinlagan va nass bergan[ iqtibos kerak ].

Manbalar

Havolalar The Ismaili, their history and doctrine by Farhad Daftary (Chapter -Mustalian Ismailism- p. 300-310)

Turkum:1891-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr ismoiliylari Turkum:1239-yilda tugʻilganlar Turkum:1308-yilda vafot etganlar