Qirol Abdulloh masjidi (), ilgari shahzoda Abdulloh masjidi deb nomlangan, rasmiy ravishda Qirol Abdulloh bin Abdulaziz as-Saud masjidi () Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahri, al-Oliya tumanidagi islomiy (sunniy) masjid boʻlib, Qirollik markazining 77-qavatida joylashgan.
Bino yer sathidan baland boʻlib, dunyodagi eng baland masjid sifatida Guinnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Masjid 2003-yilda ochilgan, maydoni . U qirol Abdulloh ibn Abdulaziz as-Saud nomi bilan atalgan va uning qurilishi, asosan, shahzoda al-Volid ibn Tolol tomonidan moliyalashtirilgan.
Umumiy maʼlumot 2003-yilda Qirollik markazining 77-qavatida shahzoda al-Volid ibn Tolol koʻmagida Spazio restorani tashkil etilgan.
Restoranga kelgan mijozlar soni ortib borayotgani sababli maʼmuriyat masjid qurdirishga majbur boʻlgan. 2003-yilning oktyabr oyida valiahd shahzoda Abdulloh ibn Abdulaziz restoranga qoʻshimcha sifatida Shahzoda Abdulloh masjidini tashkil qilgan. Masjid qurilishi shahzoda al-Volid bin Tolol tomonidan moliyalashtirilgan. 2005-yilda u yangi monarx sifatida taxtga oʻtirgach, masjid nomi Qirol Abdulloh masjidi deya oʻzgartirilgan.
2010-yilda Dubaydagi Burj Xalifaning ochilish marosimidan soʻng, BBC va boshqa ommaviy axborot vositalari Burj Xalifa osmonoʻpar binosining 158 yoki 154-qavatida masjid borligi haqida xabar bergan va bu masjid dunyodagi eng baland (yer sathidan balandlikda) masjidga aylangan. Biroq Burj Xalifa osmonoʻpar binosida masjid borligi haqidagi daʼvolar Emaar Properties tomonidan rad etilgan va Qirol Abdulloh masjidi eng baland masjid sifatida oʻz unvonini saqlab qolgan.
Manbalar
Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi 21-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ar-Riyoddagi masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi gumbazli masjidlar