Iso ibn Muhammad ibn Sulaymon ibn Abu al-Muhojir (arabcha:عيسى بن محمد بن سليمان بن أبي المهاجر; hijriy II asr (milodiy VIII asr) oxirida vafot etgan) Musulmonlarning Magʻribga istilosi haqidagi asar muallifi.

Hayoti Iso ibn Abu al-Muhojir Markaziy Magʻribni zabt etishda muhim rol oʻynagan Abu al-Muhojir Dinorning nabiralaridan biri boʻlgan. U ushbu davrga bagʻishlangan asar yozgan birinchi magʻriblik muallif hisoblanadi. Magʻozi Ifriqiya (arabcha:مغازي إفريقية, „ Ifriqiya zabt etilishi“) deb nomlangan bu asar hijriy II asrning ikkinchi yarmida (milodiy VIII asr) yozilgan. Garchi bu asar hozirga qadar saqlanmagan boʻlsa-da, hijriy IV asr (milodiy X asr)gacha mavjud boʻlgan. Tarixchi Abu al-Arab at-Tamimiy bu asardan oʻz kitobrlarini yozishda foydalangan.

Iso ibn Abu al-Muhojir hijriy II asr oxirlarida (milodiy VIII asr) vafot etgan.

Yana qarang

Musulmonlarning Magʻribni zabt etishi Ifriqiya Manbalar

Turkum:8-asr musulmonlari Turkum:Islom tarixchilari