thumb|Soʻnggi Mamluklar davrida ishlatilgan Kaʼbaning eski kaliti Makkadagi Kaʼbani qoʻriqlash – bu Kaʼba bilan bogʻliq ishlar, uning parvarishi, jumladan, uni taʼmirlash, kisvani almashtirish va muqaddas joyning kalitini saqlashni oʻz ichiga oladi. Banu Xuzoa qabilasi Makkadan quvilganidan soʻng Quraysh qabilasi Kaʼbaning birinchi rasmiy vasiyligini olgan va bu avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Hozirgi vaqtda bu vazifani Bani Shayba qabilasi bajaradi.

Ushbu vazifani bajauvchi kishi Kaʼba qorovuli () unvonini oladi. Hozirgi kunda Kaʼbaning qoʻriqchisi shayx Abdulvahhob ibn Zayn al-Obidin ash-Shaybiydir.

Qoʻriqchining roli Kaʼba qorovuli, asosan, Kaʼbaning boshqaruv ishlari rahbari hisoblanadi. Bu vazifaga muqaddas joyni taʼmirlash, tozalash, shuningdek, kisva kir yoki yirtilgan boʻlsa, uni almashtirish kiradi. Qorovul Quraysh qabilasining Abduddor urugʻidan boʻlgan Banu Shayba boʻlinmasiga mansub eng yoshi ulugʻ kishi hisoblanadi.

Qurayshiy qorovullar roʻyxati thumb|Usmoniylar davridagi qorovul Umar afandining surati Quyida Qurayshiylardan boʻlgan Kaʼba qorovullarining roʻyxati keltirilgan:

Qusay ibn Kilab Abduddor ibn Qusay Usmon ibn Abduddor Abduluzzo ibn Usmon Abu Talha Abdulloh Talha ibn Abu Talha Usmon ibn Abu Talha Shayba ibn Usmon Musab ibn Shayba Jubayr ibn Shayba Musafiy ibn Abdulloh Mansur ibn Abdurahmon Abdulloh II Musab II Musafiy ibn Abdurahmon Ubaydulloh ibn Usmon Abdulloh ibn Shuayb Abdukarim ibn Shuayb Muhammad ibn Abdulloh Zu’ra ibn Musab Abdulaziz ibn Zu’ra

Interregnum

Yahyo ibn Abdurahmon

Interregnum

Daylam ibn Muhammad Abdurahmon ibn Daylam Ali ibn Yahyo ibn Muhammad Muhammad ibn Ismoil

Yana qarang

Ikki muqaddas masjid xodimi

Manbalar

Turkum:Kaʼba Turkum:Makka Turkum:Hijoz tarixi