Al-Buaynayn (, shuningdek, al-Bu’aynayn, al-Bu’aynin va al-Boaynayn deb ham keltirilgan) – Bani Tamim qabilasining bir urugʻi boʻlib, al-Xatr al-Muhammad, al-Ali va al-Nuvosir deb nomlanuvchi toʻrtta asosiy tarmoqqa boʻlinganOfficial website for Al-Buainain clan [Arabic] http://www.al-buainain.com. Urugʻ, asosan, Saudiya Arabistonining Sharqiy viloyati, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahraynda yashaydi. Qabila ilgari marvarid suvga shoʻngʻish sanoati bilan shugʻullangan.
Al-Buaynayn qabilasi 1783-yilda al-Xalifa orolni zabt etganidan soʻng Bahraynga koʻchib kelgan bir necha badaviy qabilalaridan biri edi.
Tarixi Al-Buaynayn qabilasi Qatardagi norozilikdan soʻng, Ras Tanuraning shimoli-gʻarbidagi Hasa sohilida al-Jubayl shahrining barpo etilishiga hissa qoʻshganRentz, George. (1997) Oman and the south-eastern shore of Arabia. Ithaca Press. Ular Qatarning eng yirik shaharlaridan biri al-Vakrani qurish ustida ham ishlaganlar. Tarixchi JG Lorimer oʻzining „Gazetteer of the Persian Gulf“ nomli nashrida 1908-yilda al-Vakradagi al-Buaynayn aholisining soni 2000 kishini tashkil etganligini taʼkidlaganFromherz, Allen James. (2012). Qatar: A Modern History. I. B. Tauris. p.139. Xuddi shu nashrda Lorimer qabilaning Bahraynning asosan Asqar va Muharraq shaharlarida 95 ga yaqin uyga egalik qilganini haqidagi maʼlumotni keltirib oʻtgan.
Manbalar
Havolalar AI-Buaynayn vebsayti Bahrayndagi al-Buaynayn yuridik firmasi sayti
Turkum:Arabistondagi qabilalar