Sahnun ibn Said ibn Habib at-Tanuxiy () (taxminan 776/77 – 854/55) (hijriy 160 – 240) – molikiy mazhabining faqihi. Hozirgi Tunisdagi Qayravon shahridan.

Biografiyasi Asl ismi Abdusalom ibn Said ibn Habib () boʻlgan. „Sahnun“ (qushlarning bir turi) laqabini zehni oʻtkirligi uchun olganV. Minorsky, First Encyclopaedia of Islam: 1913-1936, pp 64–65.. U arab oilada tugʻilgan. Otasi hozirgi Suriyaning himslik askar boʻlgan. Sahnun Tanux qabilasidan. Sahnun yoshligida Qayravon va Tunis olimlaridan tahsil olgan. Xususan, Tripolitanlik olim Ali ibn Ziyoddan, Imom MolikdanV. Minorsky, First Encyclopaedia of Islam: 1913-1936, pp 64–65.. Hijriy 178-yilda Molikning boshqa shogirdlaridan taʼlim olish uchun Misrga safar qilgan, biroq Sahnun ularga yetib borish uchun moliyaviy imkoniyatga ega boʻlmasidan oldin ular vafot etgan. Keyinchalik Madinaga borib, boshqa mashhur olimlardan taʼlim olgan va hijriy 191-yilda Shimoliy Afrikaga qaytib kelgan. Qozilik lavozimini qabul qilgach, qizi Xadichaga: „Bugun otang pichoqsiz oʻldirildi“ degani aytiladiV. Minorsky, First Encyclopaedia of Islam: 1913-1936, pp 64–65.. U oʻz hukmlarida sinchkov, daʼvogarlar va guvohlarga nisbatan xushmuomala, ammo amirning atrofidagilarga nisbatan qattiqqoʻl boʻlgan; u sudda ularning nomidan vakillar yuborishga ruxsat bermagan va amirning noqonuniy ishlarga aralashmaslik haqidagi iltimosini rad etgan. Sahnunning oʻgʻli Muhammad ibn Sahnun ham taniqli faqih boʻlib, u „Navozil as-salot min devon Muhammad ibn Sahnun“ nomli navozillar toʻplamini tuzganEd., 'Nāzila', in P. Bearman (ed.), Encyclopaedia of Islam New Edition Online (EI-2 English). Brill . (2012). https://doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_5873.

Manbalar

Turkum:854-yilda vafot etganlar Turkum:770-yillarda tugʻilganlar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:9-asr arab shaxslari Turkum:Arab olimlari Turkum:9-asr musulmon ilohiyotshunoslari Turkum:Tunis imomlari Turkum:Tunislik molikiy mazhabi ulamolari Turkum:Tunislik sunniy musulmonlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum shaxslar