Muhammad ibn Abdurahmon ibn Abu Laylo (; 693 — 765) (Ibn Abu Laylo nomi bilan ham tanilgan) – musulmon faqih. Milodiy -yildan to vafotiga qadar Kufa qozisi boʻlib xizmat qilgan. Ahl ar-Raʼyning yetuk namoyandalaridan biri hisoblanib, hanafiy huquq mazhabining asoschisi boʻlgan kufalik faqih Abu Hanifaning zamondosh edi.
Biografiya Ibn Abu Laylo 693-yilda olimlar oilasida tugʻilgan. Otasi Abdurahmon (Ibn Abu Layloning yoshligida vafot etgan) mashhur Kufalik tobein boʻlgan. Bobosi Abu Laylo Muhammadning sahobalaridan biri boʻlganHanif 2018, p. 180. Ibn Abu Layloning asosiy fiqh ustozlari ash-Shaʼbiy va ediHanif 2018, pp. 185-186. U bir muddat Ato ibn Abu Rabohning maʼruzalarini ham tinglaganMotzki 2002, p. 254. Umaviylar tomonidan Kufa qozisi etib tayinlangan, ammo qaysi yilda ekanligi nomaʼlum. Baʼzi manbalarda 733- va 741-yillar ehtimoliy sana oʻlaroq keltiriladi. Shogirdlari orasida al-Kisoiy, Vaki ibn al-Jarroh va Sufyon ibn Uyayna bor edi. 765-yilda vafot etgan. Oʻrniga jiyani Abdulloh ibn Iso ibn Abdurahmon tayinlangan. Uning taʼlimotiga ergashuvchilar shofi’iy davrida ham mavjud boʻlgan.
Hanafiy manbalarga koʻra, Abu Hanifa va Ibn Abu Laylo ochiq munozaralar oʻtkazishgan, bunda Abu Hanifa oʻz darslarida Ibn Abu Layloni tanqid qilgan. Hanafiy faqih Abu Yusuf dastlab Ibn Abu Layloning ilm halqalarida qatnashgan, soʻngra Abu Hanifaning davrasiga oʻtgan. Abu Yusufga tegishli deb hisoblash mumkin boʻlgan „Ixtilof Abi Hanifa va Ibn Abi Laylo“Hanif 2021, p. 31 nomli huquqiy risolada Abu Hanifa va Ibn Abu Laylo oʻrtasidagi 263 ta huquqiy masaladagi kelishmovchiliklar batafsil keltirilganHanif 2021, p. 5. Ushbu risolada Ibn Abu Laylo oʻz nuqtai nazarini asoslash uchun hadis yoki Muhammad sahobalarining fikrlarini kamdan-kam keltiradi, aksincha, asosan oʻzining shaxsiy mulohazalariga tayanadi.
Adabiyotlar Hanif, S. (2018). A Tale of Two Kufans: Abū Yūsuf’s Ikhtilāf Abī Ḥanīfa wa-Ibn Abī Laylā and Schachtʼs Ancient Schools. Islamic Law and Society, 25(3), 173–211. Hanif, S. (2021). Abū Yūsuf’s Ikhtilāf Abī Ḥanīfa wa-Ibn Abī Laylā and the Transmission of Knowledge in the Formative Period of the Ḥanafī School. Islamic Law and Society, 29(1-2), 1-33. Motzki, Harald (2002). The Origins of Islamic Jurisprudence: Meccan Fiqh Before the Classical Schools. Translated by Katz, Marion H. Brill. Chapter 3. ISBN 978-90-04-12131-7. Manbalar
Turkum:765-yilda vafot etganlar Turkum:693-yilda tugʻilganlar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:8-asr huquqshunoslari