Eski masjid (), Ulugʻ masjid () nomi bilan ham tanilgan – Turkiyaning Adirna shahridagi XV asr boshlariga oid Usmoniylar masjidi.

Tavsifi Masjid Süleyman Çelebi buyrugʻi bilan qurilgan, qurilish ishlari uning ukasi Sulton Mehmed I hukmronligi ostida yakuniga yetkazilgan. Bino shaharning tarixiy markazida, bozor yaqinida boshqa mashhur tarixiy masjidlar, jumladan, Salimiya masjidi va Uch Şerefeli masjid yaqinida joylashgan. Masjidning yuqori qismi toʻqqizda gumbaz bilan qoplangan boʻlib, gumbazlar toʻrtta ustunlar orqali mustahkamlangan. Masjid dastlab bitta minoraga ega edi, uning ikkinchi balandroq minorasi keyinchalik sulton Murod II tomonidan qurdirilgan. Hovlisiz masjidga uchta eshik orqali kirish mumkin. Masjid ichida xattotlik asarlarini koʻrish mumkin.

Galereya

Yana qarang Masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Dick Osseman tomonidan olingan Eski masjid fotosuratlari

Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Adirnadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi sunniylik masjidlari Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar