„Institutions, Institutional Change and Economic Performance“ () – amerikalik iqtisodchi Douglass North yozgan asar. Ilk bor 1990-yil Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. Kitobda nima sabadan ayrim iqtisodlar rivojlanib, boshqalari tanazzulga yuz tutishi haqida soʻz boradi. North asarda institutlar iqtisodiy rivojlanishda muhim oʻrin tutadi degan argumentni ilgari suradi.
Taqrizi Shimoliy Karolina universiteti xodimi Michael C. Mun asarga yozgan taqrizida uni „hayajonli, gʻashga teguvchi, qiziqarli va chala“ deya tavsifladi. Shuningdek, asarning argumentlari boshqacha fikrlaydiganlar fikrini oʻzgartirish uchun yetarli emasligini taʼkidladi. Shunday boʻlsa-da, North xohlaganidek kitob institutlar haqidagi tasavvurini yaxshilaganini tan oldi. Chikago universiteti xodimi David W. Galenson kitobga yozgan taqrizida North institutlar haqidagi izlanishlarning yaxshi rezyumesini yozganini olqishladi, ammo ayrim misollari masalani soddalashtirishini aytib, tanqid qildi.
Tarjimalari Kitob bir necha tilga, jumladan, olmon, ispan, rus, xitoy, tillariga tarjima qilingan. 2024-yil Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi yoʻlga qoʻygan „1000 kitob“ loyihasi doirasida oʻzbek tiliga oʻgirilgan boʻlib, 2025-yil bosilib chiqishi rejalashtirilgan. Asarni oʻzbek tiliga Mirzohid Qarshiyev tarjima qilgan.
Manbalar
Havolalar „Institutions, Institutional Change and Economic Performance“ Kembrij universiteti nashriyot saytida „Institutions, Institutional Change and Economic Performance“ asarini oʻzbekchaga oʻgirgan Mirzohid Qarshiyev bilan suhbat
Turkum:Iqtisod boʻyicha kitoblar Turkum:Tarix boʻyicha kitoblar