thumb|Masjidning asosiy darvozalaridan biri. Rabot katta masjidi (arabcha: الجامع الكبير), shuningdek, al-Xarrazin masjidi (arabcha: خرازين, soʻzma-soʻz tarjimasi:etikdoʻzlar masjidi) nomi bilan ham tanilgan, Marokash poytaxti Rabot shahrining tarixiy Andalusiya madinasi ichidagi eng katta juma masjididir. Masjid Souk Sebbat va Bob Chella koʻchalari („Chella darvozasi koʻchasi“) kesishmasida joylashgan.
Tarixi Masjid dastlab 13-asr oxiri yoki 14-asr boshlarida Mariniylar davrida qurilgan. Keyinchalik bir necha marotaba qayta qurilgan. 1882-yilda keng qamrovli qurish ishlari amalga oshirilgan boʻlib, hozirgi minorasi 1939-yilda qurilgan.
Tuzilishi Masjid taxminan 1800 kvadrat metr maydonni egallaydi. Minorasining balandligi 33,15 metrni tashkil etadi. Masjidning oltita darvozasi bor. Masjid Marokash masjidlari uchun anʼanaviy boʻlgan loyiha asosida (yaʼni hovli yoki sahn va ichki namoz gipostil zali) joylashtirilgan.
Yana qarang
As-Sunna masjidi Masjidlar roʻyxati Afrikadagi masjidlar roʻyxati Marokashdagi masjidlar roʻyxati Manbalar
Turkum:Rabotdagi masjidlar