2021-yilgi Oʻzbekiston kubogi finali – Oʻzbekiston Kubogining 29-marotaba oʻtkazilgan finalidir.

Tafsilotlar 2021-yil 18-mart kuni Oʻzbekiston Coca-Cola Kubogining hal qiluvchi bahsiga qurʼa tashlash marosimida Samarqand shahridagi Dinamo stadioni mezbonlik qilishi aniqlandi.

24-noyabrda „Nasaf“ klubi „AGMK“ klubini yengib, finalga chiqdi. Shu kuni Paxtakor va Bunyodkor klublari 1–1 hisobida durang oʻynashdi va penaltilar seriyasida Paxtakor 5–4 hisobida gʻalaba qozonib, finalga chiqdi.

Final 4-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Nasaf klubi va Toshkent shahrining Paxtakor klublari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Nasaf futbol klubi oʻz tarixida birinchi marta Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi.

Tarkiblar Paxtakor: 25. Eldorbek Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Anzur Ismoilov, 7. Odiljon Hamrobekov, 9.Sherzod Temirov, 17. Dostonbek Hamdamov, 18. Hojimat Erkinov, 27. Sardor Sobirxoʻjayev, 34. Farrux Sayfiyev, 42. Abbosbek Fayzullayev (11. Bojan Matić, 68), 88. Shahzod Azmiddinov (16. Marlen Chobanov, 46)

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 8. Azizbek Turgʻunboyev, 14. Humoyunmirzo Iminov, 19. Sharof Muhiddinov, 21. Abror Ismoilov, 28. Diyor Xolmatov, 58. Abubakir Ashurov

Nasaf: 1.Umidjon Ergashev, 5.Gʻolib Gʻaybullayev, 8.Dilshod Saitov, 18.Bahrom Abdurahimov (55. Shahzod Akromov, 61), 19.Husayin Norchayev, 20. Suhrob Nurulloyev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Abubakrrizo Turdialiyev (6. Murodbek Rahmatov, 61), 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov

Zaxira: 13. Azamat Soyibov, 75. Shahzod Akromov, 2. Alibek Davronov, 28. Sardor Saʼdullayev, 50. Shohmalik Komilov, 71. Jasur Jumayev, 99. Andrija Kaluđerović

Final

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston kubogi finallari Turkum:2021-yilgi futbol boʻyicha milliy kuboklar