Bahamra (, shuningdek Bhamra) Suriya shimoli-gʻarbidagi qishloq. Maʼmuriy jihatdan Latakiya muhofazasining Qardaha okrugi tarkibiga kiradi. Qishloq Qardaha yaqinida va Latakiyadan sharqda joylashgan. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Bahamra aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004. Syrian Central Bureau of Statistics (CBS). Latakia Governorate. . Qishloqning asosiy aholisi alaviylardir.
Britaniyalik anglikan missioner Samuel Lyde 1854—1859-yillar oraligʻida oʻzining Suriyadagi missiyasini Bahamra qishlogʻida tashkil etgan. Missioner qishloqdan mulk sotib olib, oʻz maktabini ochgan. U yerda bir qator boshqa binolar qurgan hamda asosan mintaqadagi alaviylar orasida oʻz diniy qarashlarini yoyishga urinib koʻrgan. Oʻz harakatlarida katta muvaffaqiyatga erisholmay, maktabni Amerika Presviterian missioneri R.J.Dobbsga topshirgan. Dobbs esa missiya ishini davom ettirgan. 1860-yillarda maktab yopilgan. Biroq, Latakiyada ochilgan protestant oʻgʻil bolalar maktabi 1870-yilda Bahamraga koʻchirilib, u yerda 1876-yilgacha faoliyat olib borgan. Qishloqdagi missionerlik faoliyati kamida 1913-yilga qadar davom etgan.
Mashhur shaxslar Gʻozi Kanon — 1982—2002-yillarda Suriya maxsus xizmatlarining Livandagi rahbari boʻlgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Qardaha okrugi aholi punktlari Turkum:Suriyadagi alaviy jamiyatlari