thumb|230x230px|Tarsus Katta masjidining ichki qismi Tarsus Katta masjidi () – Turkiyaning Mersin viloyati Tarsus shahridagi masjid.

Joylashuvi Masjid Tarsus viloyati markazida, Camii Nur mahallasida joylashgan boʻlib, shahardagi eng katta masjid hisoblanadi. Bino Avliyo Paul cherkoviga yaqin boʻlib, u yerdan toʻgʻri chiziq boʻylab atigi masofada joylashgan.

Tarixi Masjid 1579-yilda Usmoniylar hukmronligi davrida qurilgan. Masjid homiysi Ramadoniylar sulolasidan boʻlgan Ibrohim beyMersin online information boʻlib, ushbu turkman sulolasi 1517-yilgacha mintaqani boshqargan va XVI asrning qolgan qismida Usmoniylar imperiyasining vassali sifatida faoliyatini davom ettirgan. Ammo masjid maʼlumotlariga koʻra, Katta masjid oʻrnida IX asrda Abbosiylar (arablar) hukmronligi davrida qurilgan eski masjid boʻlgan. Tarsus Vizantiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng, eski masjid cherkovga aylantirilgan. XIV asrda Ramazanogʻullari Tarsusni qoʻlga kiritgan, 1579-yilda esa masjid qayta qurilgan. Shuningdek, masjidni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1579-yilda Kırkkaşık Bedesten yopiq bozori qurilgan.

Meʼmorchiligi left|thumb|226x226px|Tarsus masjididagi soat minorasi Masjid hovlisiga binoning shimoliy tomonida qurilgan ulugʻvor marmar darvoza orqali kirish mumkin. Jami 14 ta ustunlar 16 ta gumbazni koʻtarib turadi. Masjid minbari marmardan qilinganTarsus booklet, Tarsus Municipality.

Qabrlar Masjidning sharqiy tomonida Maʼmun, Luqmon va Odam atoning oʻgʻli deb hisoblanilagan Shitning qabrlari joylashgan.

Manbalar

Turkum:Mersindagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda