thumb|Ilyosbey masjidi Ilyosbey masjidi () – Turkiyaning gʻarbiy qismidagi Aydın viloyati, Didim tumani, Milet shahridagi tarixiy masjid. 1403-yilda Turk Menteshe amirligi hukmdori Ilyosbey (1402–1421) tomonidan qurilganarchnet.org.

Meʼmorchiligi Masjid madrasa, diniy taʼlim muassasasi, hamomdan iborat majmua tarkibiga kiradi. Namoz zali diametri gumbaz bilan qoplangan, gʻishtdan yasalgan va usti plitka bilan qoplangan. Gʻishtdan qurilgan minora 1955-yilgi zilzila oqibatida qulab tushgan. Ushbu majmua Milet shahrining arxeologik hududida joylashgan boʻlib, uning yonidan Vizantiya davriga xarobalar topilgan. thumb|Masjidning tashqi tomoni Ilyosbey masjidida saljuqiylar meʼmorchiligining koʻplab elementlaridan foydalanilgan. Ushbu meʼmorchilik elementlari turk meʼmorlarini ilhomlantirganÇağaptay, Suna. „FRONTIERSCAPE: RECONSIDERING BITHYNIAN STRUCTURES AND THEIR BUILDERS ON THE BYZANTINE-OTTOMAN CUSP.“ Muqarnas Online, vol. 28, no. 1, BRILL, 2011, pp. 157–93, doi:10.1163/22118993-90000177..

Ilyosbey masjidi Turkiyaning Söke shahridagi eng muhim madaniy maskanlardan biri sifatida tanilganKadioglu, Selma, et al. „Ground Penetrating Radar and Microwave Tomography for the Safety Management of a Cultural Heritage Site: Miletos Ilyas Bey Mosque (turkey).“ Journal of Geophysics and Engineering, vol. 10, no. 6, Dec. 2013, p. 11, doi:10.1088/1742-2132/10/6/064007.. Masjid minorasi barokko uslubida bunyod etilganGoodwin, Godfrey. A History of the Ottoman Architecture. Thames and Hudson, 1971.. Fors madaniyati Ilyosbey masjidining dizayni va qurilishiga, shu jumladan, uning Saljuqiylar uslubida yaratilgan masjid minorasiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatganOKane, Bernard. Studies in Persian Art and Architecture. American University in Cairo Press, 1996..

Masjidning oʻziga xosligi unda yunon, rim, vizantiya, saljuqiy va usmoniylar meʼmorchiligi uslublaridan keng foydalanilganidir. Boshqa masjidlar singari uning gumbazi oltin bilan emas, balki mis bilan qoplangan. Shuningdek, uning devorlari qayta ishlatilgan marmar bloklar bilan qoplangan boʻlib, bu unga yanada nafislik va mustahkamlik bagʻishlagan"ILYAS BEY KLLIYESI." ILYAS BEY KLLIYESI, http://www.miletilyasbey.com/# ..

Galereya

Manbalar

Havolalar

Milet Ilyosbey Külliyesi Archnet

Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar