Qazvin jome masjidi () – Eronning Qazvin ustoni Qazvin shahrida joylashgan shia masjidi. Bu Erondagi eng qadimiy masjidlardan biridir.

Arxitekturasi Masjidning eng qadimgi qismi Horun ar-Rashidning buyrugʻi bilan milodiy 807-yilda qurilgani aytiladi. Keyinchalik qoʻshimchalar kiritildi, oxirgisi Safaviylar davridagi edi. Masjidning ikki qavatli asosiy gumbazi Saljuqiylar davriga tegishli boʻlib, joamoatchilik uchun yopiq. Unda oʻrta asrlarga oid boʻrtma xattotlik namunalari saqlanmoqda. Masjidning koʻplab qismlarida taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Masjidning poydevori zardushtiylarning olovli ibodatxonasiga ustiga qurilgan.

Moʻgʻullarning vayronkor bosqiniga qaramay, masjid bugungi kungacha saqlanib qolgan. Masjidning ayrim qismlari ommaviy kutubxonaga aylantirilgan.

Masjidda shabiston va Sardoba mavjud boʻlib, ikkalasi ham hozir Eron madaniy meros tashkiloti himoyasida.

Majmuaning bir qismi 2013-yil 28-yanvarda yonib ketgan. Yongʻin natijasida majmuaning yarmi yonib, vayron boʻlgan.

Galereya

Manbalar

Turkum:Eron milliy asarlari Turkum:Erondagi masjidlar Turkum:Erondagi shia masjidlari Turkum:Safaviylar masjidlari Turkum:9-asr masjidlari