Saʼdullo Quronov Dilmurodovich — yozuvchi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Xalq taʼlimi aʼlochisi. Hayoti Saʼdullo Quronov 1989-yil 31-yanvarda Andijon tumanida tugʻilgan. 2006-yilda oʻrta taʼlimni tugatgach, 2006—2012-yillarda Andijon davlat universiteti hamda Oʻzbekiston Milliy universitetida filologiya fakultetining bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyati „Sharq yulduzi“ jurnalida mas’ul kotib, adabiyotshunoslik boʻlimi muharriri (2011—2015); „Jajji akademik“ bolalar jurnalida muharrir, keyinchalik bosh muharrir (2015—2018); „Yoshlik“ jurnalida mas’ul kotib (2018—2020); Respublika taʼlim markazida ona tili darsliklari muallifi (2020—2022); Yoshlar ishlari agentligining „Mutolaa“ loyihasi muharriri (2024-yildan).

Asarlari „Galaktikada bir kun“ ilmiy-fantastik qissasi ikki marta qayta nashr etilgan va ingliz tiliga oʻgirilib, Amazon onlayn savdo platformasida sotuvga qoʻyilgan. Yozuvchi ushbu asari uchun 2021-yilda „Tahsin“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Turkum:Xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni sohiblari Turkum:Andijon tumanida tugʻilganlar Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari