Ajnadayn jangi () – 634-yil iyul yoki avgust oyida (hijriy 13-yil Jumodilavval yoki Jumodissoni oyi) Falastinning Bayt Jibrin qishlogʻiga yaqin joyda kechgan jang. Vizantiya (Rim) imperiyasi va arablarning Roshidun xalifaligi armiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan birinchi yirik jang boʻlib, musulmonlar hal qiluvchi gʻalabaga erishgan. Ushbu jang tafsilotlari, asosan, IX asr tarixchisi al-Voqidiy tomonidan keltirilgan musulmon manbalar orqali maʼlum.

Tarixi David Nicollening soʻzlariga koʻra, Roshidun qoʻshini poytaxt shahar Madinani 633-yilning kuzida, katta ehtimol bilan esa 634-yilning boshida tark etgan. Roshidun armiyasi birinchi marta 4-fevral kuni Dathin shahrida vizantiyaliklar bilan toʻqnash kelib, ularni magʻlubiyatga uchratgan. Shundan soʻng, Himsda joylashgan imperator Herakleios, Caesarea Maritima shahrini himoya qilish uchun janubga qoʻshimcha kuchlar yuborishga qaror qildi. Bunga javoban qoʻmondon Xolid ibn al-Validga Sosoniylar davlatiga qarshi yurishlarni toʻxtatib, Suriyaga borish buyurildi. Shundan keyin Xolid 24-aprelga qadar Vizantiya bilan ittifoqdosh Gʻassoniylarni magʻlub etgan va deyarli qarshiliksiz Bosraga kirishga muvaffaq boʻlgan. Bu vaqtda Xolid Abu Ubayda ibn al-Jarroh, Yazid ibn Abu Sufyon, Amr ibn al-Os va Shurahbil ibn Hasana kabi sarkardalar boshchiligidagi bir qancha qoʻshinlar bilan birlashganD. Nicolle, Yarmuk 636 AD – The Muslim Conquest of Syria, Osprey, 1994, p. 46..

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Vizantiya imperiyasi janglari Turkum:Abu Ubayda ibn al-Jarrohning janglari Turkum:634 Turkum:Xolid ibn al-Volidning janglari