„Cambridge IELTS“ – IELTS testiga hozirlanish boʻyicha Kembrij universiteti nashriyotida chop etiladigan qoʻllanmalar seriyasi. Akademik va umumiy test versiyalari mavjud boʻlib, 2006-yildan beri har yili chiqarib kelinadi. 2024-yil testning 19-nashri chop etilgan.

Qoʻllanmalar seriyasi „Official IELTS Practice Materials“ qoʻllanmasi bilan bir qatorda IELTS testini uyushtiruvchi University of Cambridge ESOL Examinations, British Council hamda IDP Education Australia tashkilotlari tomonidan hozirlangan sanoqli rasmiy test materiallari safiga kiradi. „Cambridge IELTS“ kitoblari yordamida testga mustaqil hozirlanib, yuqori natija koʻrsatganlar bor.

Manbalar

Yana qarang „Official IELTS Practice Materials“

Havolalar „Cambridge IELTS“ Kembrij universiteti nashriyoti saytida

Turkum:IELTS boʻyicha kitoblar