Anbasa ibn Isʼhoq ad-Dabbiy (; -yilda vafot etgan) 9-asrda Abbosiylar xalifaligining viloyat noibi lavozimida xizmat qilgan. Anbasa Raqqa (833-yil), as-Sind (-yillar) va Misr (852—856-yillar) noibi boʻlgan. Anbasa Abbosiy xalifalari hukmronligi davrida Misrni boshqargan soʻnggi arab noib boʻlib, undan keyingilarning barchasi turkiylar boʻlgan. As-Sind noibligi davri Basradan kelib chiqqan arab oilasining avlodi boʻlgan Anbasa xalifa tomonidan viloyatni boshqarish huquqi berilgan turkiy zobit Itax nomidan as-Sindning doimiy noibi etib tayinlangan edi. Anbasa tayinlangan paytda Sind tartibsizlik holatida boʻlib, viloyatning oldingi noibi Imron ibn Musa al-Barmakiy mahalliy arablar oʻrtasidagi ichki nizolar tufayli oʻldirilgan edi. Anbasa viloyatga kelgach, aksariyat zodaginlar unga ixtiyoriy ravishda boʻysunishdi. Oxir-oqibat, viloyatda tinchlik oʻrnatishga muvaffaq boʻldi.

Anbasa as-Sind noibligi davrida Daybuldagi buddaviylar stupasini buzdirib, stupani qamoqxonaga aylantirdi. Buzishdan chiqqan toshlardan foydalanib, Daybulni qayta qurish loyihasini boshladi. Biroq, ish nihoyasiga yetmasdan noiblik lavozimidan boʻshatildi.

Anbasaning noiblik sanalari haqida tarixchilar Yaʼqubiy va al-Balazuriy asarlarida maʼlumot mavjud. Al-Ya’qubiyning ta’kidlashicha, Anbasa al-Vosiq xalifaligi davrida () Itax tomonidan tayinlangan va toʻqqiz yil davomida noib lavozimini egallab turgan. 849-yilda Itax hokimiyatdan ketgach, Anbasa ham oʻz lavozimini tark etib, Iroqqa qaytgan. Al-Balazuriy esa Anbasa al-Mu’tasim hukmronligi davrida () noiblik qilganini ta’kidlagan.

Misr noibligi davri 852-yilda Anbasa Misrning doimiy noibi etib tayinlandi. U xavfsizlik va ibodatlar uchun mas’ul boʻldi. Shuningdek, mahalliy moliya amaldori bilan birgalikda soliqlar (xiroj) ustidan qoʻshma nazorat yuritish vakolatiga ham ega boʻldi. Anbasaga mazkur lavozim Abbosiy shahzoda al-Muntasir tomonidan berilgan edi. Al-Muntasir esa al-Mutavakkilning () vorislik tartibi doirasida Misrni boshqarish vakolatini olgan edi; ; .

Anbasa Misr noibi boʻlgach, soliq yigʻuvchilarning suiiste’molliklarini kamaytirish uchun harakat qilgan. Fustatda yangi musalla qurdirgan. Misrlik tarixchi al-Kindiy uni adolatli va taqvodor boshqaruvchi deya taʼriflagan. Shuningdek, al-Mutavakkilning zimmiylarga qarshi farmonlarini ijro etishga mas’ul edi. Qoʻshimcha ravishda nasroniylik ramzlarini ochiq namoyish etish hamda sharob saqlashni taqiqlagan edi.

853-yilda vizantiyaliklar Damiettaga toʻsatdan hujum qilib, shaharni vayron etib, koʻp sonli asirlar olishdi. Anbasa arafa kunini nishonlash uchun mahalliy qoʻshinlarni Fustatga chaqirib olgani sababli Damietta oʻsha vaqtda himoyasiz qoldirilgan edi. Bosqindan soʻng, Anbasa al-Mutavakkildan Damiettani kelajakdagi hujumlardan himoya qilish uchun shahar atrofida istehkomlar qurish toʻgʻrisida buyruq olib, keyingi yildan qurilish ishlarini boshladi; ; .

Janubdagi Beja qabilasi Misr hukumatiga odatda toʻlaydigan oʻlponni toʻlashni toʻxtatib, 855-yilda musulmonlar hududiga hujum qila boshladi. Bu hujumlar bir qancha qurbonlarga sabab boʻldi. Bu harakatlar al-Mutavakkilni jazo yurishi uyushtirishga undadi. Anbasaga yurish uchun oʻzining barcha mavjud qoʻshinlarini taqdim etish buyurildi. Hududning murakkab tabiatiga qaramay, musulmon qoʻshini bejalarni sulh soʻrashga majbur qila oldi. Bejalar sardori Samarraga borib, xalifaga shaxsan boʻysunishga rozilik bildirdi.

855-yilda Anbasaning soliq masalalari boʻyicha vakolati bekor qilinib, faqat xavfsizlik va ibodatlar uchun masʼul boʻlib qoldi. Keyingi yili noiblik lavozimidan ozod etilib, oʻrniga turkiy zobit Yazid ibn Abdulloh al-Hulvoniy tayinlandi. Anbasa taxminan 858-yil oxirlarida Iroqqa qaytib ketdi. Al-Kindiyning ta’kidlashicha, Anbasa ham noiblik qilgan, ham juma namozlarida xalqqa imomlik qilgan soʻnggi arab edi. Shundan soʻng noiblik turkiylarga berildi. Bu holat oxir-oqibat 868-yilda Tuluniylar sulolasining tashkil topishiga olib keldi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:860-yillarda vafot etganlar Turkum:9-asr arablari Turkum:Sindning Abbosiy noiblari Turkum:Misrning 9-asrdagi Abbosiy noiblari